BMT boş kotibi Antoniu Guterriş 6 avgust, şanba kuni Xirosima yadroviy bombardimon qilinganining 77 yilligi munosabati bilan Yaponiyada nutq sözlab, dunyoni yana bir bor yadro qurolidan butunlay voz keçişga çaqirdi. «Jiddiy yadroviy tusga ega inqiroz tez sur’atlar bilan tarqalmoqda - Yaqin Şarqdan Koreya yarim oroli va Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişigaça», - dedi Guterriş Xirosimadagi Tinçlik memorial boğidagi xotira marosimida. «Insoniyat öqlangan qurol bilan öynaşyapti», deb qöşimça qildi u.
Guterriş Nyu-Yorkdagi Yadro qurollarini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma (YaTş) amal qilişini körib çiqiş böyiça konferensiya iştirokçilariga murojaat qilib, «kelajakka tahdid soluvçi» dunyo yadroviy arsenallarini zudlik bilan tugatişga çaqirdi. «Biz Xirosima dahşatlarini doim eslab qolişimiz va yadroviy tahdidning yagona yeçimi yadro qurolining butunlay yöqligi ekanini tan olişimiz kerak», — dedi Guterriş.
BMT boş kotibi 12 yil içida birinçi marta Xirosimadagi atom bombasi qurbonlari xotirasiga bağişlangan yillik tadbirda iştirok etdi. Rossiya va Belarus vakillari taklif qilinmagan, deya ta’kidlaydi dpa agentligi.
Stokholm tinçlik muammolarini tadqiq qiliş instituti (SIPRI) ma’lumotiga köra, 2021 yil boşida töqqizta davlat 13 080 ta yadroviy kallakka ega bölgan bölsa, 2022 yilga kelib bu raqam 12 705 taga kamaydi. Biroq, arsenalning kamayişi qurolsizlaniş tufayli emas, balki AQŞ va Rossiyada eskirgan tizimlarni olib taşlaş bilan boğliq. Faol jangovar kallaklar soni yil davomida deyarli özgarmadi.
Rossiya Ukrainaga hujum qilgandan söng, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya tiyib turuvçi kuçlarini «maxsus jangovar tayyorgarlik rejimi»ga ötkazdi. «Bir paytlar aqlga siğmaydigan yadroviy mojaro ehtimoli endi yana yuzaga keldi», dedi Guterriş uruş boşlanganidan keyin.












