Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Germaniya hukumatlari joriy yil oxirida muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda
Foto: Dunyo
O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi boshchiligidagi O‘zbekiston va Germaniya delegatsiyalari moliyaviy-texnik hamkorlik masalalari bo‘yicha hukumatlararo maslahatlashuvlar o‘tkazdi.
Maslahatlashuvlarda umumiy qiymati 350 mln yevroga teng bo‘lgan, bugungi kunda amalga oshirilayotgan va istiqboldagi loyihalar, jumladan, 170 mln yevro qiymatidagi "Sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya va demografik siyosat" yo‘nalishidagi loyiha, "Barqaror iqtisodiy rivojlanish, o‘qitish va bandlik" yo‘nalishidagi 148 mln yevrolik loyiha, qiymati "Iqlim va energiya, o‘tish" yo‘nalishida 26 mln yevroga teng hamda "Tinch va inklyuziv jamiyatlar" yo‘nalishi bo‘yicha 6 mln yevro qiymatidagi loyiha muhokama qilindi.
Uchrashuvda O‘zbekiston uchun ustuvor yo‘nalishlarni hisobga olgan holda loyihalar istiqbolli ro‘yxatini tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Hujjat ikki davlat hukumatlari o‘rtasidagi joriy yil oxiriga mo‘ljallangan muzokaralar davomida ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
12:49 / 27.03.2026
Eron muzokaralardan nega manfaatdor emas?
17:15 / 23.03.2026
Germaniyada temiryo‘lga qo‘yilgan beton plitalar poyezd avariyasiga sabab bo‘ldi
14:12 / 23.03.2026
Hind-Tinch okeanida yangi yaqinlashuv: Berlin Tokio bilan aloqani mustahkamlamoqda
09:56 / 21.03.2026