AQŞ prezidenti Jo Baydenning koronavirus testi manfiy natijani körsatdi. Bu haqda Oq uy şifokori Kevin ÖKonnor xabar berdi. 

Bayden 2 haftadan köproq vaqt oldin koronavirusning omikron BA.5 ştammini yuqtirib olgan edi. 

Prezident özini yaxşi his qilmoqda, deyiladi ÖKonnorning Oq uy saytida joylaştirilgan bayonotida. Bugun ertalab prezidentning COVID-19 testi manfiy natijani berdi. 

«Prezident ehtiyot çoralarini körgan holda, ikkinçi testning manfiy natisini kutadi va yakkalanişning qat’iy qoidalariga amal qilişda davom etadi», deb xabar berdi Oq uy şifokori.

79 yoşli Jo Baydenning COVID-19 testi 21 iyul kuni musbat natija bergan edi. Şuningdek, prezident 30 iyul, 31 iyul, 3 avgust va 5 avgust kunlari ham musbat natijali test topşirdi.

Avvalroq Bayden koronavirusga qarşi emlangan va 2 marta qayta emlangan edi.