Turkiya – sehrli diyor. Aslida köpinça Amerikaga nisbatan işlatib kelingan bu iborani endilikda Turkiyaga nisbatan qöllasa ham böladi, bizningça. Axir minglab yurtdoşlarimiz uçun işlaş, yaşaş, öqiş va sayohat qiliş mamlakati bu. Bejizga köpçilik özbeklar turk diyoriga oşiqmasligini u yerda aqalli bir marta bölgan odam his qiladi, tan oladi.
Istanbul, Izmir, Antalya, Alanya, Mersin, Dalaman, Erzurum, Trabzon, Bodrum, Kappadokiya va yana köplab gözal şaharlari bor bu ölkaning biz uçun oçilmagan qirralari juda köp.
Asosiy turistlarimiz özlari uçun Istanbul yoki Antalyani tanlaşadi, biroq yuqorida sanab ötganimiz şaharlardan taşqari yana qança ertaknamo göşalari bor bu diyorning. Uzoqqa bormaymiz, Istanbulning yon atrofida köplab şaharçalar va qişloqlar borki, tarovati va şukuhidan mazza qilasiz.
Kun.uz muxbiri “Turkiya? Ha-a, Istanbulmi?” deb fikrlaydigan yurtdoşlarimizda örnaşib qolgan yorliqdan qoçiş maqsadida megapolisdan biroz taşqariga çiqişga qaror qildi. Bu qarori uni Istanbuldan 1,5–2,5 soatlik masofadagi Izmit körfazi atrofidagi şaharça va Belediye'lar (tumanlar) tomon boşladi.
Şaharlararo avtobusda 2 soatlik, paromda esa 45 daqiqalik masofada gözal Karamursel şaharçasi bor. Yalova va Izmit şaharçalari örtasida joylaşgan bu makonni köpçilik bilmasa kerak. Sönggi yillarda sayyohlar, u ham bölsa, xorijlik sayyohlar özlari uçun kaşf qilgan bu mö’jaz – aholisi 60 mingdan sal ziyod bölgan şaharça dam oliş, baliq ovlaş, çömiliş va şunçaki toza havodan nafas olib, köpgina megapolislar şovqinidan “detoks” qiliş uçun ajoyib maskan.
Karamurselliklar istanbulliklardan, ayniqsa, megapolis Istanbulning Yevropa tomonidagi aholidan farqli ravişda ançayin sodda, samimiy, oçiq va xuşmuomala ekanini e’tirof etiş kerak.
Şaharça ham xuddi undagi odamlar kabi haşamdan uzoq, tartibli, körkam, şinam va sodda. Yöllar ravon, köçalar tartibli, qirğoqlar ozoda.
Toş yotqizilgan yölkalar, kiçik dökonçalar va xizmat körsatiş nuqtalari, mö’jaz bozorça va yaşil tabiat uyğunligini his qilasiz bu yerda.
Ming marta gapirgandan, bir marta körgan afzal. Quyidagi fotomaqola sizni Karamursel sayriga çorlaydi.

















































































