Qömitaning dastlabki ma’lumotlariga köra, 2022 yil 1 iyul holatiga Özbekiston doimiy aholisining yoş guruhlari böyiça tarkibi quyidagiça:

  • mehnatga layoqatli yoşdan kiçiklar – 31,6 foiz;
  • mehnatga layoqatli yoşdagilar – 57,2 foiz;
  • mehnatga layoqatli yoşdan kattalar – 11,2 foiz.

Bundan oldin Toşkentda eng köp aholi istiqomat qiluvçi tuman ma’lum qilingandi.

Toşkent şahar statistika boşqarmasi ma’lumotiga köra, poytaxtda doimiy aholi soni 2022 yil 1 iyul holatiga köra 2 million 909 ming 500 kişini taşkil etmoqda. 

Şahar tumanlari kesimida 2022 yilning 1 iyul holatiga köra, eng köp aholi Olmazor tumanida bölib, 390 ming kişini taşkil etdi.