Markaziy bank 2022 yil II çoragi böyiça biznes kayfiyati şarhini e’lon qildi. Unda bir qança ahamiyatli jihatni köriş mumkin.

Respondentlar fikriga köra, respublikada 2022 yilning II çoragida tadbirkorlik şaroitlari ötgan çorakka nisbatan birmunça yaxşilandi. Bunda Toşkent şahri, Samarqand, Surxondaryo, Qaşqadaryo va Buxoro viloyatlarida biznes şaroitlari yaxşilanganini ta’kidlagan respondentlar uluşi örtaça 53,5 foizni taşkil etib, avvalgi çorakka nisbatan sezilarli darajada ösiş kuzatildi (I çorakda uşbu körsatkiç 28 foizga teng bölgan). 

Uşbu davrda köplab sohalar, jumladan, quriliş, qişloq xöjaligi, savdo, turizm, umumiy ovqatlaniş va taşiş kabilarda mavsumiy faollik jonlangani kuzatildi.

Iqtisodiy faollik

2022 yilning II çoragida energiya iste’moli köpayganini ta’kidlagan tadbirkorlar uluşi ortib, 43 foizni taşkil etdi (I çorakda 37 foiz). Yuk taşiş hajmida ham ösiş kuzatilgan bölib, yuk taşiş hajmi ösganini ta’kidlagan biznes vakillari uluşi 39 foizga teng böldi (I çorakda 30 foiz).

Çorak davomida töliq faoliyat yurita olmaganini qayd etgan respondentlar uluşi biroz qisqardi. Xususan, avvalgi çorakda sörovda qatnaşgan jami tadbirkorlarning 30 foizi töliq faoliyat yurita olmaganini ta’kidlagan bölsa, II çorakda uşbu körsatkiç 24,5 foizgaça kamaydi. Bunda, töliq işlamaslik sabablari sifatida yoqilği narxlari qimmatligi va xomaşyo materiallari yetişmasligi kabi omillar keltirilgan.

Bandlik

Örganilayotgan davrda tadbirkorlarning qöşimça işçi kuçiga bölgan talabi jonlangani kuzatildi. Bunda, quriliş, umumiy ovqatlaniş hamda qişloq xöjaligi sohalarida qöşimça işçi kuçiga bölgan talab oşgan. Ayni paytda, uşbu davrda biznes vakillaridan iş sörab keluvçilar sonida ham ösiş kuzatilgan. Xususan, işlab çiqariş, fan-ta’lim, tibbiyot, quriliş va xizmat sohalarida iş qidiruvçilar soni köpaygan.

Pul-kredit 

I çorakda biznes vakillarining qariyb yarmi çorak davomida qarzdorligi köpayganini ta’kidlagan bölsa, II çorakda uşbu körsatkiç 40 foizni taşkil etdi.

Kutilmalar

Umuman olganda, biznes vakillarining yaqin istiqboldagi kutilmalari yaxşilanib bormoqda. Xususan, kelgusi 12 oy hamda yaqin 3 yilda mamlakat iqtisodiyoti hamda biznes istiqbollarini ijobiy baholagan iştirokçilar uluşi örtaça 66 foizni taşkil etdi (I çorakda 58 foizga teng).