70 yoşni qarşilayotgan Abduvali ota Qosimov uzoq yillar qişloq xöjaligi sohasida işlagan, hozir nafaqada. U tomorqasida uzum, olma va örik parvariş qiladi. Tovuq va mollariga qaragaç, nevaralarini yoniga olib, uyga içimlik suvi taşiydi.

Bugun ham nonuştadan söng Abduvali ota suv idişlarni velosipediga boğladi. Ikki xonadon narida yaşaydigan jiyanining uyiga kirib, idişlarni mototsiklga joylab suvga jönadi. Ota deyarli har kuni jiyanining mototsiklida 6-7 km yöl bosib suv taşiydi. Yoşi katta, velosipedida suv taşişga madori yetmaydi.


Uzoqdan suv taşiş Abduvali ota yaşaydigan Bekat ahlining kundalik turmuş tarziga aylangan. Odamlar bir piyola çoy içiş uçun maşaqqat bilan suv taşiydi. Şungadir, bu yerlarda odamlari maşinasini-da içimlik suvida yuvadigan şaharlardan köra suvning qadri ança baland...
Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri
Montaj ustasi: Abdusalim Abduvohidov.











