Ijro hokimiyati tizimida işlayotgan 118 mingdan ortiq xodim va amaldorga taalluqli “Davlat fuqarolik xizmati töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan davlat organlarida fuqarolik xizmatini ötaş tartibi, sohadagi davlat boşqaruvi, davlat xizmatçilarining huquqiy maqomi belgilandi.

Davlat xizmatçisi öz rahbari noqonuniy topşiriq va talablarini bajarişdan boş tortiş, korrupsiya haqida xabar berganda davlat himoyasida böliş huquqiga ega. Korrupsion jinoyatda aybdor deb topilgan şaxslar endi davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilinmaydi.

Davlat xizmatçisi tadbirkorlik bilan şuğullanişi, ularning muassisi bölişi, Özbekistondan taşqarida hisobvaraqlar oçişi, çet elda köçmas mulk olişi taqiqlanadi. Davlat xizmatçisi daromadlari va mol-mulki töğrisida deklaratsiya berişi kerak.

Prezident tomonidan tasdiqlanadigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlari reyestri Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi tomonidan yuritiladi. Davlat xizmatiga davlat tilini biladigan, tegişli malaka talablariga javob beradigan Özbekiston fuqarolari qabul qilinadi.

Davlat xizmatçilari uçun 5 kunlik iş haftasi va haftasiga 40 soatdan oşmaydigan iş davomiyligi belgilanadi. Davlat xizmatçilariga haq tölaş quyidagilardan iborat: bazaviy lavozim maoşi; köp yillik xizmati uçun qöşimça tölov; malaka darajasi uçun qöşimça tölov; eng muhim samaradorlik körsatkiçlarga erişganlik uçun ustama; hisobot davri yakunlari böyiça rağbatlantiruvçi tölovlar.

Davlat xizmatçilariga hayfsan, jarima, işdan böşatiş bilan bir qatorda malaka darajasini pasaytiriş va lavozimini pasaytiriş tarzidagi intizomiy jazolar ham qöllaniladi. Davlat xizmatçilariga 27 kundan kam bölmagan yillik asosiy ta’til beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.