Ukrainada uruş boşlanganidan buyon 70 mingdan 80 minggaça rossiyalik harbiylar halok bölgan yoki yaralangan. Bu haqda 8 avgust, duşanba kuni AQŞ mudofaa vaziri örinbosari Kolin Koul jurnalistlarga ma’lum qilib, gap jang maydonida halok bölgan va yarador bölgan taxminiy yöqotişlar haqida ketayotganini ta’kidladi. «Bu körsatkiç biroz pastroq yoki biroz yuqoriroq bölişi mumkin, ammo haqiqiy raqamlar şu atrofida», dedi u.
Şu bilan birga, Pentagon vakilining qayd etişiça, bunday «jiddiy» yöqotişlarga qaramay, Rossiya fevral oyi oxirida Ukrainaga bostirib kiriş çoğida prezident Vladimir Putin e’lon qilgan maqsadlardan birortasiga ham erişa olmagan. «Uning asosiy maqsadi butun mamlakatni qölga kiritiş, Kiyevda hokimiyatni almaştiriş va Ukrainani mustaqil, suveren hamda demokratik davlat sifatida yöq qiliş edi. Bularning heç biri sodir bölmadi», - deya ta’kidladi Koul. U Ukraina tomoni ham katta yöqotişlarga uçraganini tan oldi, biroq heç qanday raqam keltirmadi.
Moskva va Kiyev uruşda halok bölganlar sonini oşkor etmayapti. RF Mudofaa vazirligi ular haqida oxirgi marta 25 mart kuni xabar bergandi. Öşanda 1351 kişi halok bölgani va 3825 kişi jarohatlangani e’lon qilingan. Davlat dumasi mudofaa qömitasi raisi Andrey Kartapolov iyun oyi boşida Rossiya Ukrainada harbiy harakatlar olib borişga yondaşuvini özgartirib, harbiy xizmatçilarni yöqotişni amalda töxtatganini aytdi.
Koul Rossiya tomonidan boşlangan uruşni «Ikkinçi jahon uruşidan beri oddiy qurollardan foydalangan holda Yevropada kuzatilayotgan eng kuçli töqnaşuv» deb ta’rifladi. Hozirda u ustunlikni ukrainaliklar tomonida körmoqda. Uning fikriça, UQK ruhiy va jangovar tayyorgarlik böyiça ruslardan ustundir. Ukrainaliklar uçun «köp narsa xavf ostida. Ular öz mamlakatlari omon qolişi uçun kuraşmoqda», - dedi Pentagon rasmiysi.












