Joriy yil iyun-iyul oylarida Şayxontohur tumanidagi Kökaldoş madrasasi oldida fuqaro D.B. belgilanmagan joyda poliz mahsulotlarini sotayotgani aniqlangan. 

Bildirilişiça, unga Çorsu bozori hududi içidagi rastalarda savdo qilişi uçun joy taklif qilinib, noqonuniy savdo qilmasligi yuzasidan bir neça bor ogohlantirilgan bölsa-da, belgilanmagan joyda, ya’ni piyodalar yurişi uçun möljallangan yölakda savdo qilişni davom ettirgan. 

4 iyul kuni fuqaro D.B. ruxsat etilmagan joyda yana savdo qilayotgani aniqlangan va hududda xizmat olib borayotgan PPX inspektorlari tomonidan belgilanmagan joyda noqonuniy savdo qilmasligi yuzasidan tuşuntiriş ötkazilganda, ular örtasida özaro mojaro yuzaga kelgan. 

Ma’lum qilinişiça, D.B. yaqin oradagi IIBga olib borilib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan.

PPX xodimlari fuqaro bilan qöpol muomalada bölgani holati yuzasidan Toşkent şahar IIBB tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda. Tekşiruv yakuni haqida qöşimça ma’lumot berilişi aytilgan.