Ma’lum qilinişiça, XVI asrning ikkinçi yarmida bunyod etilgan mazkur madrasa Buxoroning qadimiy va noyob me’moriy obidalaridan biri sanaladi. Qariyb beş asr davomida bu yerda talabalar tahsil olgan va istiqomat qilgan. XX asr boşlaridan esa ta’lim jarayoni töxtatilib, bino muzey sifatida foydalanila boşlangan.
Mutasaddilarga köra, vaqt ötişi, tabiiy omillar hamda texnogen jarayonlar ta’siri natijasida obidaning şimoliy devorlarida jiddiy yoriqlar va yemirilişlar paydo bölib, ayrim qismlari avariya holatiga kelib qolgan. Mazkur hudud mahalliy aholi va sayyohlar köp harakatlanadigan joyda joylaşgani bois xavfsizlik çoralarini köriş zarurati tuğilgan.


Şu sababli hozirda Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi mutaxassislari iştirokida avariya holatidagi qismlarda restavratsiya va qayta tiklaş işlari olib borilmoqda. Idora vakillariga köra, jarayon obidaning tarixiy qiyofasini saqlagan holda amalga oşirilmoqda.
Eslatib ötamiz, Buxoroning eski şahar hududi xalqaro miqyosda muhofaza qilinadigan tarixiy maskan bölib, u YuNeSKOning Butunjahon merosi röyxatiga kiritilgan. U hajmi va kölami jihatidan nafaqat Buxoro, balki Markaziy Osiyodagi eng yirik madrasa inşooti ekani aytiladi.
Madaniy meros boşqarmasi restavratsiya jarayonlari yuzasidan qöşimça savollar böyiça fuqarolarni rasmiy tartibda murojaat qilişga çaqirdi.

















