Kun.uz muxbiri xabariga köra, unda prezident şaxmat olimpiadasi ğoliblarini munosib taqdirlaş böyiça ham sözladi.

“Bilasizlarmi, şaxmat böyiça ğoliblikni qölga kiritganimiz xalqimizda qanday ğurur-iftixor tuyğularini uyğotdi?! Men şunday farzandlarim bilan faxrlanaman. Albatta, bu yutuqlar öz-özidan kelayotgani yöq. Oxirgi uç yilda şaxmatga oid uçta qaror qabul qildik. Çunki biz bu qarorlarni qabul qilişda 20 yilga keçikkandik. 

Hozirgi bu ğalabamiz endi bizga mas’uliyat ham yuklaydi. Çunki 2026 yilda Özbekiston mezbonlik qiladigan olimpiadaga butun dunyo boşqaça tayyorgarlik qilib keladi. Endi “Ular özbeklar!” deyişadi. Lekin öylaymanki, ungaça hozirgi jamoamiz yonida yana usta şaxmatçilarimiz yetişib çiqadi va munosib örinlarni egallaşadi.  

Men şaxmatçilarni munosib taqdirlaş böyiça farmon imzoladim. Çunki bu ğoliblarimizga yangi motivatsiya böladi. Qolaversa, boşqa yoşlarimiz ham aqlga intiladi, ota-onalar farzandlarini bu sport turiga berişni boşlaydi” – deya prezident sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.