Jahon | 18:44 / 10.08.2022
8451
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada inflatsiya o‘sishi sababli aholini qo‘llab-quvvatlash choralari e’lon qilindi

Mamlakatda soliqning eng yuqori stavkasi solinadigan daromad miqdori chegarasi, soliqqa tortilmaydigan eng kam daromad miqdori va farzandlar uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori oshiriladi.

Foto: AP

Germaniya moliya vaziri Kristian Lindner yuqori inflatsiya sharoitida aholini qo‘llab-quvvatlash choralari haqida e’lon qildi.

Jumladan, soliqning eng yuqori stavkasi solinadigan daromad miqdori chegarasini oshirish ko‘zda tutilmoqda. Hozirda chegara 58 ming 597 yevroni tashkil etadi. 2023 yildan 61 ming 972 yevrodan va 2024 yildan 63 ming 515 yevrodan boshlangan daromadga eng yuqori stavkadagi soliq solinadi.

Moliya vazirligi soliqqa tortilmaydigan eng kam daromad miqdorini ham oshirmoqchi. Hozirda bu miqdor 10 ming 347 yevroni tashkil etadi. 

Shu bilan birga, farzandlar uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori ham oshiriladi.

Lindnerning ta’kidlanishicha, mazkur choralar 48 million nafarga yaqin aholiga yengillik beradi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid