Dunyoning eng badavlat odami Ilon Mask oxirgi bir neça kun davomida Tesla kompaniyasining 6,88 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, Tesla asosçisi 5 avgustdan 9 avgustgaça 7,9 mln donaga yaqin aksiyalarini sotgan. Milliarder bir neça oy avval kompaniyaning qöşimça aksiyalarini sotmasligini aytgandi.
Mask aprel oxirida uç kun içida 9,6 mln dona Tesla aksiyasini 8,5 mlrd dollarga sotgandi.
Bloomberg agentligining hisob-kitobiga köra, 51 yoşli Mask oxirgi 10 oy davomida Tesla kompaniyasining 32 mlrd dollarlik aksiyalarini sotgan. U aksiyalarini sotişni 2021 yil noyabrda, Twitter foydalanuvçilari orasida sörov ötkazganidan söng boşlagandi.












