9 avgust kuni tuşdan keyin Qrimning Saki rayonidagi Novofedorovka kurort posyolkasida davomli portlaşlar kuzatildi. Mahalliy aholi vakillari Reuters muxbiriga rossiyaliklarning harbiy aviabazasi tomonda quyuq tutun kötarilgani haqida xabar berişdi.
Rossiya mudofaa vazirligi soat 15:20 atrofida Novofedorovka hududidagi «Saki» aerodromida aviatsiya öq-dorilari saqlangan maydonda detonatsiya (portlaşlar) bölgani haqida ma’lum qilgan. Mudofaa vazirligi portlaşlar oqibatida heç kim jabrlanmagani, aerodromdagi aviatsiya texnikalariga şikast yetmaganini ta’kidlagan.

«Yuzaga kelgan yonğinni öçiriş va portlaş sabablarini aniqlaş çoralari körilmoqda. Voqea joyidan berilgan hisobotga köra, aerodromdagi öq-dorilar saqlanadigan maydonga heç qanday zarba kelib tuşmagan», deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi xabarida.
Rossiya naşrlari Novofedorovkada bir neça portlaşlar röy bergani haqida yozmoqda. Guvohlar Mash muxbiriga har daqiqada «snaryadlar detonatsiyasini eslatuvçi ovozlar» eşitilib turganini aytgan. «Kommersant» gazetasi Novofedorovka ma’muriyatidagi manbaga asoslanib Qrimdagi Saki harbiy aerodromiga va öq-dorilar omboriga hujum qilingani töğrisida xabar bergan. Gazeta dastlabki ma’lumotlarga köra uçiş-qöniş polosasidagi öq-dorilar omborida yonğin boşlanganini xabar qilgan. RT telekanali boş muharriri Margarita Simonyan esa manbaga havola bermagan holda «voqea joyidagilar, bu raketa zarbasi emas, balki diversiya harakati oqibati deb öylayotgani» haqida yozgan.

Qrimning Saki rayonida evakuatsiya e’lon qilingan. Rasmiylar Novofedorovka atrofida beş kilometr masofada xavfsizlik zonasi taşkil etib, atrofni örab olgan.
Qrim rahbari Sergey Aksenovning sözlariga köra, atrof mahalliy aholi jabrlanişining oldini oliş maqsadida örab olingan, yöl harakati politsiyasi brigadalari va piyoda patrullar işlamoqda.













