Yaponiya vazirlar mahkamasi boş kotibi Xirokazu Matsuno 10 avgust, çorşanba kuni mamlakat hukumatining yangi tarkibini e’lon qildi. Kutilganidek, TIV rahbari Yoşimasa Xayaşi va moliya vaziri Şuniçi Suzuki öz lavozimlarini saqlab qoldi. Matsuno, şuningdek, iqtisodiy tiklaniş vaziri Daişiro Yamagiva kabi öz vazifasini bajarişda davom etadi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.
2008 yildan 2009 yilgaça tegişli lavozimni egallab kelgan Yasukazu Hamada Yaponiya mudofaa vaziri etib tayinlandi. Şu paytgaça koronavirusga qarşi kuraş uçun mas’ul bölgan, sobiq iqtisodiy rivojlaniş vaziri Yasutoşi Nişimura iqtisodiyot, savdo va sanoat vaziri böldi. Şuningdek, u Rossiya bilan iqtisodiy aloqalar uçun mas’ul vazir lavozimini egalladi.
Avvalroq, 10 avgust kuni boş vazir Fumio Kişida vazirlar mahkamasidagi özgarişlarni amalga oşirişi arafasida avvalgi hukumat iste’foga çiqqan edi. Avvaliga parlamentning kuzgi sessiyasi oçilişi arafasida, sentabr oyi boşida vazirlar mahkamasi qayta taşkil etilişi rejalaştirilgan edi, biroq Kişida aholi tomonidan qöllab-quvvatlaniş darajasining pasayişi fonida lavozimlarni qayta taqsimlaşni tezlaştirişga qaror qildi.
NHK telekanalining şu hafta boşida e’lon qilingan söroviga köra, Yaponiya hukumatini qöllab-quvvatlaş Kişida 2021 yil oktyabr oyida lavozimga kelganidan beri eng past darajaga tuşdi.












