Bu tizim nimaga kerak?
Ofsaydni aniqlaş hatto VAR va çiziqlar bilan ham murakkabligiça qolmoqda. Asosiy e’tirozlar ikkita holatga qaratilgan:
1. Ofsayd çiziqlarining aniqligi (aniqroği, ularni çiziş tamoyillari) işonarli emas.
2. «Öyindan taşqari holat»ni tekşiriş juda uzoq vaqt talab etadi. Ba’zida esa bu bema’ni körinadi: futbolçi golni nişonlaydi (yoki nişonlay olmay turadi), hakam VAR qarorini kutadi, keyin esa golni hisoblaydi (yoki bekor qiladi).
Yangi texnologiya atigi 3-5 soniyada qaror qabul qilişga, inson aralaşuvisiz çiziq tortişga yordam beradi.
Hozir esa qarorlar sub’yektiv: videohakamlar futbolçi tanasining darvozaga yaqin bölgan qismlarini qölda aniqlaydi, undan proyeksiya çizişadi (va ma’lum bölişiça, futbolçining yelkasi qayerda tugaşi haqida har kimning öz fikri bor), keyin, töp uzatilgan vaziyatdagi stop-kadrni tanlaşadi. Katta tezlikda harakatlanayotgan futbolçilar bilan boğliq ofsayd holatida soniyalar hal qiluvçi ahamiyatga ega. Avtomatlaştirilgan tizim bu sub’yektivlikni öldirişi kerak.
Tizim qanday işlaydi?
Yangi texnologiyada 12 ta kuzatuv kamerasi qöllanadi, ular stadion tomi ostiga örnatiladi. Kameralarning vazifasi töpni va har bir futbolçi tanasidagi 29 ta nuqtani kuzatişdan iborat. Ma’lumotni qayta işlaş tezligi – sekundiga 50 ta fiksatsiya. Şu tufayli, futbolçilarning barça harakatlari texnologiya e’tiboridan çetda qolmaydi. Nuqtalar – ofsaydga aloqador bölgan tana qismlaridir.

2022 yilgi jahon çempionatining töpi – «Ar-Rihla» texnologiya işida muhim rol öynaydi. Ofsaydni aniqlaş uçun unga inersiya ölçov bloki datçigi örnatiladi. U sezgir elementlar töplamidan (giroskop va akselerometr) iborat. Töpdan olingan ma’lumotlar sekundiga 500 marta VAR xonasiga yetkaziladi. Bu esa töpni uzatiş, qaytariş va rikoşet bilan boğliq vaziyatni yaxşiroq aniqlaş imkonini beradi.
Tizim uşbu ma’lumotlarni töplaydi va sun’iy intellekt yordamida tahlil qiladi. Natijada, VAR tizimi hakamlari futbolçi ofsaydda töpni qabul qilib olsa, darhol xabardor bölişadi.
Nima uçun ofsaydlar avtomatik emas, yarimavtomatik deb ataladi?
Yangi texnologiya işga tuşsa-da, VAR tizimi bekor qilinmaydi. Bu texnologiya uning işini mukammalaştiradi. Boş hakamga ofsayd holati haqida xabar berişdan oldin videoassistentlar texnologiya töp uzatilgan holatni töğri aniqlagani va ofsayd çiziği töğri çizilganini tekşirişadi. Bu bir neça soniya vaqt oladi.












