Özi nima gap?

2022 yilgi davlat dasturiga asosan, Özbekistonda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratilişi belgilangan. Buning uçun yil oxirigaça muddat körsatilgan.

Dasturda yozilişiça, bundan közlangan maqsad – fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlarini himoyalaş. Kun.uz xabar berganidek, yaratilgan dastur, milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar auditoriyasining qamrovi ortişiga qarab ularga soliq imtiyozlarini beriş tizimi ham yölga qöyiladi.

Iyul oyi oxiriga kelib, Innovatsion rivojlaniş vazirligi bu borada tanlov e’lon qildi. Arizalar 1 oktyabrgaça qabul qilinadi. Startap mualliflari özlarining innovatsiyalari va texnologiyalariga asoslangan bölişi kerak.

Tanlov ğolibiga qança pul ajratilgani hozirça ma’lum emas. Rasmiy xabarda tanlov 2020 yil 9 martdagi 133-sonli hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Startap loyihalarni tasdiqlaş, moliyalaştiriş va amalga oşiriş tartibi töğrisida”gi nizomga muvofiq taşkil etilişi hamda vazirlik tomonidan uzoği bilan 1 yil davomida moliyalaştirilişi ta’kidlangan.

Nizomda startap loyihalarni moliyalaştiriş buyurtmaçi, talabgor hamda Ilm-fanni moliyalaştiriş va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi örtasida tuziladigan şartnoma şartlariga muvofiq amalga oşirilişi belgilangan.

“Davlat taşabbuskor bölmasin!”

Davlat organi tomonidan milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq işlab çiqiş böyiça tanlov e’lon qilinişi özbekistonlik internet foydalanuvçilari, soha mutaxassislarining e’tirozlariga sabab böldi. Tanqidçilarga köra, milliy tarmoqlar maşhur global tarmoqlar soyasida ommalaşmaydi, bu esa budjet pulini behuda sarflaşdan boşqa narsa emas, bungaça bölgan urinişlar heç qanday natija bermagani ham buni tasdiqlaydi.

Qolaversa, bu taşabbus xususiy sektordan çiqişi va davlat bu işning boşida turmasligi kerak. Ekspertlarning ta’kidlaşiça, muvaffaqiyatli startaplarga pul tikadigan investorlar hamişa topiladi.

Kun.uz bir qator soha mutaxassislarining mavzuga doir fikrlari bilan qiziqdi.