2022 yil 10 avgust kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri v.b. Vladimir Norov BMT boş kotibi örinbosari, BMT Osiyo va Tinç okeani böyiça iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijroçi kotibi Armida Alisjabana bilan onlayn şaklda muzokaralar ötkazdi.
A.Alisjabana respublika rahbariyatining Afğonistonni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga qöşiş borasidagi sa’y-harakatlari xalqaro hamjamiyat yuksak bahosiga munosib ekanini ta’kidladi.
Suhbat çoğida Özbekiston va Osiyo va Tinç okeani böyiça iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi örtasidagi hamkorlik aniq yönalişlari, komissiya bölajak xalqaro tadbirlarida respublika vakillari iştiroki muhokama qilindi.
Prezident Şavkat Mirziyoyevning Toşkentda BMT şafeligida Transport va kommunikatsiyalar özaro boğliqligini rivojlantiriş mintaqaviy markazini taşkil etiş töğrisidagi taşabbusini yanada tarğib qiliş va amaliy hayotga tatbiq etişga alohida e’tibor qaratildi.
A.Alisjabana joriy yil sentabr oyida Samarqandda bölib ötadigan Şanhay hamkorlik taşkiloti sammitida iştirok etişini tasdiqladi.
Qayd etilişiça, uning doirasida Osiyo va Tinç okeani böyiça iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi va ŞHT örtasida hamkorlik töğrisidagi memorandum imzolanişi rejalaştirilgan.











