Jamiyat | 12:33 / 12.08.2022
13175
2 daqiqa o‘qiladi

“Kasallik sabab akam bilan xorijda sarsonmiz” – jigari xasta qiz nolasi

25 yosh inson umrining gullagan damlariga boy, jo‘shqin tarzda o‘tishiga o‘rganganmiz. Farg‘onalik E’zozxon o‘z hayotining shu pallasini og‘ir dard qurshovida, azoblar, og‘riqlar hamrohligida o‘tkazmoqda. Biroz muddat avval onasidan ayrilgan qiz akasi va kelinoyisi qaramog‘ida qolgan. To‘rt yildan beri jigar sirrozidan aziyat chekayotgan E’zozxonga shifokorlar jigar ko‘chirish operatsiyasini tavsiya qilishgan. Shu sababli bor imkoniyatlarini ishga solgan akasi singlisini davolatish uchun Hindistonga olib ketadi.

“Oilada ikki farzandmiz, akam bor. Menga o‘z jigarini bermoqchi edi, lekin gepatit virusi borligi uchun buning iloji yo‘q ekan. Shu sabab donor ham qidiryapmiz. Hozir akam va kelinoyim bilan Hindistondamiz.

Akamning o‘zi oddiy ishchi – 1,5 mln so‘m oylikni mening dori-darmonlarimga yetkazolmayapti. Onam vafot etgan”, – deya yig‘laydi bemor.

Uning yaqinlariga ko‘ra, operatsiya uchun ketadigan xarajatlar tufayli vatandoshlaridan yordam kerak:

“Qo‘limizdan kelgancha davolatishga harakat qildik. Operatsiya zarurligi uchun borimizni to‘plab kelganmiz. Donor bo‘lmagani uchun bu yanada qimmatlashdi. Hozir bizga 40 000 AQSh dollari kerak bo‘lyapti, ammo buncha mablag‘imiz yo‘qligi uchun operatsiya to‘xtab turibdi”.

Tanaga bemorlik yetganida yaxshilar yordamidan umidvor bo‘lish o‘sha yurtda saxiylar ko‘pligidan dalolat. Bu fikrimiz yana bir bor o‘z tasdig‘ini topadi deb umid qilamiz.

E’zozxon Nishonovaga oid ma’lumotlar:

UzCard: 8600 0609 0887 0356 bemor E’zozxon Nishonova nomida

Viza: 4790 9122 1076 9131 akasi Avazbek Nishonov nomida

Manzil: Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumani, Qorajiyda qishlog‘i, Hamjihat ko‘chasi, 6-uy.

Mavzuga oid