Özbekiston metallurgiya kombinatida 12 avgust kuni uşbu sohani rivojlantiriş masalalari böyiça videoselektor yiğilişi ötkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uşbu kombinat ilgari mamlakatimizda qora metallurgiya sohasidagi yagona korxona edi. Sönggi beş yildagi islohotlar natijasida 200 ta yangi korxona taşkil etildi. Ularda 25 mingdan ziyod aholi mehnat qilmoqda. Ötgan yilning özida sohada 16 trillion sömlik tovarlar tayyorlangan. Temir va temir mahsulotlari işlab çiqariş 1,8 barobar ösib, 2 million tonnadan köpaygan.

Şu bilan birga, yurtimizda bunyodkorlik işlari, sanoat loyihalari hali köp. Bugungi kunda barça sohalarda yiliga 4 million tonna qora metall işlatilmoqda. Xususan, metallga ketadigan xarajatlar uluşi uy-joy qurilişi tannarxida 15 foizni, maşinasozlikda 40 foizni taşkil qilmoqda.

2026 yilga borib, mamlakatimiz iqtisodiyoti ehtiyojlari uçun 6 million tonnaga yaqin metall kerak bölişi hisob-kitob qilingan. Qolaversa, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyat, logistika zanjiridagi uzilişlar yirik metallurgiya korxonalari faoliyatiga ham qiyinçilik tuğdirmoqda.

Davlat rahbari bu şaroitda faqat öz metallurgiya sanoatimizni jadal rivojlantiriş orqali maqsadga erişiş mumkinligini ta’kidladi. Bu boradagi törtta asosiy vazifa körsatib ötildi.

Birinçisi - metall işlab çiqaruvçi korxonalarni xomaşyo bilan kafolatli ta’minlaş. Ikkinçisi - barça hududlarda metall işlab çiqaruvçi korxonalar taşkil bölişini qöllab-quvvatlaş. Uçinçisi -  yuqori qöşilgan qiymat yaratadigan sanoat tarmoqlari uçun zamonaviy metall konstruksiyalar işlab çiqariş. Törtinçisi - malakali kadrlar tayyorlaş, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantiriş.

Boş vazir maslahatçisi B.Islomov mamlakatimizda 1 milliard 200 million tonna temir rudasi zaxiralari borligini qayd etdi.

Yangi konlarda, şu jumladan, Qoraözakdagi “Tebinbuloq” konida olib borilayotgan işlar haqida hisobot berdi.