Viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazida birinçi marotaba markaz transplantologlari va Samarqand davlat tibbiyot universiteti xodimlari bilan hamkorlikda jigar transplantatsiyasi amaliyoti ötkazildi.
1965 yilda tuğilgan bemor S.L. jigar sirrozi, subkompensatsiya bosqiçi bilan kasallangan bölib, unga 1987 yilda tuğilgan qizi N.Q. donorlik qilgan.
Keça, 9 avgust kuni bölib ötgan operatsiya 13 soat 20 daqiqa davom etgan. Operatsiyada 25 nafar tibbiyot xodimi, xususan, 8 nafar vraç transplantolog, 5 nafar vraç anesteziolog, 2 nafar transfuziolog, 5 nafar operatsion hamşira, 5 nafar anestezistka hamşira iştirok etgan.

– Biz murakkab amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladik. Bu Samarqand tibbiyotida yana bir yangilik böldi, - deydi viloyat köp tarmoqli tibbiyot markazi boş vraçi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedra mudiri Lutfullo Mahmanov. – Jigar transplantatsiyasi amaliyotini bajarişga har tomonlama puxta tayyorgarlik kördik. Buning uçun xodimlarimiz Moskva, Qozon, Kiyev, Istanbul, Anqara şaharlarida malaka oşirib keldi.
Qolaversa, akademik Vohidov nomidagi respublika xirurgiya ilmiy amaliy markazining professor xodimlari bizni qöllab-quvvatladi.
Alohida ta’kidlaş joizki, markazlaşgan holda va viloyat hokimligining erkin qoldiq mablağlari hisobidan inson organlarini köçirib ötiş amaliyotlari uçun markazimizga 10 mlrd sömlik tibbiy asbob-uskunalar olib kelib örnatildi.
Bemor S.Lapasovada jigar sirrozi, subkompensatsiya bosqiçi edi. Şukurki, mazkur amaliyot muvaffaqiyatli ötdi. Hozirgaça bölgan tekşiruv natijalarning barçasi ijobiy.
Eng muhimi, endi markaz mutaxassislari bu kabi operatsiyalarni bemalol bajara olişiga amin böldik.
Ta’kidlaş lozimki, Prezident Şavkat Mirziyoyev uşbu soha rivojiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratib kelayotganligi bu kabi murakkab amaliyotlarni yölga qöyişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti matbuot xizmati










