Xitoylik noma’lum xaridor Rossiya neftini taşuvçi tankerlar uçun 376 mln dollar sarfladi, deb xabar berdi Business Insider.
Xabarda aytilişiça, u Atlantika örtasida Rossiya neftini u kemadan bu kemaga oliş va taşiş uçun 13ta tankerga 376 mln dollar tölagan.
Xaridor 10ta tankerni may-iyul oylari davomida sotib olgan. Barça kemalar Xitoyning Dalyan şahridagi ofis manzili bilan boğliq, deyiladi xabarda.
Naşrning ma’lumot berişiça, barça kemalar işlab çiqarilganiga 15 yildan oşgan va an’anaviy neft kompaniyalariga aloqasi yöq. Noma’lum xaridor tölovni naqd pulda amalga oşirgani aytilmoqda.
Tahlilçilarning fikriça, bunday harakat Rossiya nefti importiga nisbatan sanksiyalarni buzmaydi. Ammo bu yangi yaşirin neft bozori paydo bölganini anglatadi.












