2022 yilning 7 oyida kadastr sohasidagi korrupsiya bilan boğliq 28ta holatda jinoyat işlari qözğatilgan, deya axborot berdi keça, 12 avgust kuni AOKAda bölib ötgan brifingda Kadastr agentligi matbuot kotibi Ne’matjon Atamurodov.

“Agar uşbu körsatkiçni ötgan 2021 yil bilan soliştiradigan bölsak, ötgan 2021 yilda bu körsatkiç 55 tani taşkil etgan bölib, bu sohada korrupsiyaning oldini oliş borasida sezilarli darajada işlar olib borilayotganini köriş mumkin”, – dedi u.

Kun.uz mazkur bayonotda 2022 yilning 7 oyidagi raqamlar 2021 yilning töliq davri bilan taqqoslanganiga e’tibor qaratdi. Natijada kadastr tizimida korrupsion jinoyatlar bir yilda göyoki 2 barobarga kamaygandek taassurot uyğonadi.

Ötgan yilning avgust oyida agentlikning öşa paytdagi direktori Fazliddin Umarov 2021 yilning 6 oyida kadastr tizimidagi mansabdorlar ustidan 24 ta jinoyat işi oçilganini ma’lum qilgandi.

Agentlik matbuot xizmati bilan boğlanganimizda 2021 yil davomida 55ta holat aniqlanganini tasdiqladi. Agar şunday bölsa, nega ötgan yilning butun davri bilan joriy yilning 7 oyi soliştirilib, korrupsion jinoyatlar kamaygani iddao qilinmoqda, degan savol tuğiladi.

Agentlik matbuot xizmati 2021 yilning 7 oyi böyiça raqamlarni taqdim etişga oid sörovimizni rad qilmadi va tayyorlab berilişini ma’lum qildi.

Hozirça oçiq manbalardagi raqamlar kadastr sohasidagi korrupsion holatlarda deyarli özgariş bölmaganini körsatmoqda:

  • 2021 yilning dastlabki 6 oyida 24 ta jinoyat işi;
  • 2022 yilning dastlabki 7 oyida 28 ta jinoyat işi.

Ma’lumotlarni taqqoslaş maqsadida, ayni mavzu böyiça axborot berişni sörab Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi matbuot xizmati rahbari Durdona Oçilova bilan ham boğlandik. Biroq bunday ma’lumotlarni Kadastr agentligining özidan söraş kerak, degan javobni oldik.