Vladimir oblastining Melexovo şahridagi qattiq rejimli 6-sonli koloniyada (IK-6) jazo muddatini ötayotgan rossiyalik muxolifatçi siyosatçi Aleksey Navalniy jazo kamerasiga (ŞIZO) ötkazildi.

«Meni barakdan komissiyaga çaqirişdi, u yerda videoyozuvlarda men sanoat zonasida bölganimda bir neça ölçam kiçik bölgan ust kiyimimning yuqori tugmaçasini muntazam yeçib taşlaşimni körsatişdi. Albatta, bu meni tuzatib bölmaydigan yomon odam sifatida tavsiflaydi. Şuning uçun meni jazo izolyatoriga ötkaziş qarori qabul qilindi», — deyiladi 15 avgust, duşanba kuni Navalniyning Facebook’dagi sahifasida. 

Siyosatçining sözlariga köra, u şu paytgaça ŞIZOga uç kunga jönatilgan. «Ammo, boşliq şuni qöşimça qildiki, sentabr oyining örtalarida men qarindoşlarim bilan uçraşaman, bu har tört oyda bir marta bölişi kerak. ŞIZOda bölganlarga taşrif buyuriş taqiqlanadi, şuning uçun agar men «öz munosabatimni qayta körib çiqmasam», u holda izolyator mening doimiy yaşaş joyimga aylanadi», - deya qöşimça qildi Navalniy. 

Ötgan hafta Aleksey Navalniy mahbuslar va qamoqxona xodimlari huquqlarini himoya qiliş uçun «Sanoat zonasi» deb nomlangan «mahbuslar va qamoqxonaçilar kasaba uyuşmasi»ni taşkil qilganini ma’lum qilgandi. Avvaliga IK-6 ma’muriyati Navalniyning rasmiy bayonotini hazil sifatida qabul qildi, keyin esa kasaba uyuşmasi taşkil etilişini «noqonuniy» deb bildirdi va muxolifatçiga ogohlantiriş berdi.

Aleksey Navalniy fevral oyi boşida Moskvaning Simonovskiy tuman sudi «Iv Roşe» işi böyiça unga çiqarilgan şartli hukmni haqiqiy 3,5 yillik qamoq jazosiga özgartirgani uçun ozodlikdan mahrum etiş joylariga jönatildi. Rasmiy sabab - muxolifatçi jazoni ijro etiş komissiyasiga hisobot beriş uçun belgilangan kunlarda kelmagan. Ammo, u 2020 yil avgustidan boşlab, «Noviçok» bilan zaharlangani hamda Germaniyaga davolaniş uçun olib ketilganidan söng, umuman inspektor huzuriga kelişni töxtatgan. 

Navalniy va uning advokatlari sudga muxolifatçi jismoniy jihatdan inspektorning oldiga boriş imkoniga ega bölmaganini bildirgan, sababi u Germaniya klinikalaridan birida avval statsionar, keyin esa ambulator davolangan va bu haqda jazoni ijro etiş inspeksiyasini xabardor qilgan. 

22 mart kuni sud Aleksey Navalniyni «firibgarlik va sudni haqorat qiliş» işi böyiça töqqiz yilga ozodlikdan mahrum etildi. Lefortovo sudining sayyor majlisi Navalniy «Iv Roşe» işi böyiça jazo muddatini ötayotgan Pokrovdagi 2-sonli koloniyada ötkazildi. Prokuror Nadejda Tixonova unga 13 yillik jazo muddati berilişini söradi. Navalniy 14 iyun kuni IK-6’ga ötkazildi.