Amerikaning Apple korporatsiyasi Rutube videoxostingidan iOS operatsion tizimi uçun ilovada RF davlat OAV materiallarini yaşirişni talab qildi. Bu haqda 15 avgust, duşanba kuni Rutube matbuot xizmatiga tayanib, Rossiya davlat axborot agentliklari xabar berdi.
«Apple Rutube ilovasini moderatsiya qiliş muammosini ikki yöl bilan hal qilişni taklif qilmoqda: ilovani faqat rossiyalik foydalanuvçilarga taqdim etiş yoki «state-sponsored media» kontentini olib taşlaş. Bu Rutube ilovasi boşqa davlatlardan bölgan yangi foydalanuvçilari uçun işlamasligiga olib keladi. Ilovani avvalroq yuklab olgan foydalanuvçilar uçun, ehtimol, yangilanişlar mavjud böladi», — deya matbuot xizmati javobidan iqtibos keltirgan «Interfaks».
Apple qaror qabul qiliş uçun ikki hafta vaqt berdi, aks holda ilova App Store dökonidan öçirib taşlanadi.
Rutube vakillari Rossiya davlat OAVning tarqatilişiga çeklov qöymoqçi emasliklarini, çunki bu «ruszabon aholi huquqlarini poymol etişini» ma’lum qildi. Şu bilan birga, ilovadan foydalaniş imkoniyati uçta davlat bilan çeklandi. Endi uni faqat Rossiya, Belarus va Qozoğiston aholisi yuklab olişi mumkin.
YouTube videoxostingida kanallari bloklangan köplab rus OAV va blogerlar Rutube’da mavjud. Ular orasida - «Birinçi kanal», «Rossiya 1», NTV, «Rossiya 24», TNT, RT, «Spas», şuningdek, teleboşlovçi Vladimir Solovyov, prankerlar Vovan va Leksus, bloger Dmitriy (Goblin) Puçkov va boşqalarning kanallari bor.












