Darvin Nunes «Enfild»dagi debyuti bunday keçişini tasavvur ham qilmagan bölsa kerak, Yurgen Klopp va «Liverpul» haqida gapirmasa ham böladi.

Urugvaylik futbolçi öz muxlislari oldida 57 daqiqa öynadi va töğridan töğri qizil karta olib, maydonni tark etdi.

Matbuotda Nunesning mersisaydliklar öyiniga katta ta’sir ötkazişi haqida yozilganida, uning «Kristal Pelas» himoyaçisi Yoahim Andersenning iyagiga boşi bilan ahmoqona zarba berişi közda tutilmagan edi albatta.

Nunesning intizomsizligi «Liverpul»ga qimmatga tuşdi, çunki ular zörğa 1:1 hisobidagi durang natijani qölga kiritişdi. Bu esa sönggi ön yil içida birinçi marta Premer-Ligadagi dastlabki ikkita öyinda ğalaba qozona olmaganini anglatardi.

Bundan ham badtarroq bölişi mumkin edi: öyin oxirida Uilfrid Zaa zarbani noaniq yöllamaganida, «qizillar» sönggi 17 oy içida ilk marta öz uyida mağlubiyatga uçragan bölardi.

Keyinçalik Klopp öz jamoasining 10 futbolçi bölib yaxşi öynaganidan «ğururlanayotgani»ni aytdi va 64 million funt evaziga kelgan urugvaylik şogirdi bilan yaxşilab gaplaşib olişini ma’lum qildi.

Himoyaçi Andersen tomonidan provokatsiya qanday bölganidan qat’i nazar (aslida unçalik jiddiy emasdi), Nunesning bunday reaksiyasini oqlab bölmaydi. Ayniqsa, boş hakam Pol Tirni köz öngida va VAR işlayotgan şaroitda.

Endi Nunesning beparvoligi öziga va «Liverpul»ga qimmatga tuşişi mumkin – u diskvalifikatsiya tufayli uçta öyinni ötkazib yuboradi.

«Liverpul» kelasi duşanba kuni «Mançester Yunayted» mehmoni böladi. Klopp jamoasining resurslari esa xavotirli tarzda ança kamaydi, bu unga boş oğriğini keltirişi aniq.

«Çunki bizda boşqa hujumçi yöq», dedi Klopp nima uçun «Kristal Pelas»ga qarşi öyinda Nunesni tanlagani haqidagi savolga javob berib. Bu gaplarida jon bor va uning jilmayişi ma’yus edi.

Diogu Jota va Roberto Firmino öyin qaydnomasiga kiritilmagani bois Nunes maydonga tuşirildi. Ötgan mavsumda ba’zan markaziy hujumçi sifatida öynagan Aleks Oksleyd-Çemberlen ham jarohat olgan.