«Mançester Siti» boş murabbiyi Enso Mareska APL rekordini örnatdi. U jamoa boş murabbiyligiga tayinlanganidan söng dastlabki yettita bahsda ğalaba qozondi.
Rekord APL 7-turida «Ipsviç Taun» (3:2) ustidan erişilgan ğalabadan keyin qayd etildi. Mareska dastlabki oltita bahsda ğalaba qozongan Hosep Gvardiola («Siti», 2016/17), Karlo Ançelotti («Çelsi», 2009/10) va Ule Gunnar Sulşerni («Mançester Yunayted», 2018/19) ortda qoldirdi.
46 yoşli Mareska «Siti»ni iyunda, Hosep Gvardiola boş murabbiylikdan ketganidan söng qabul qilib olgandi. U ilgari «Çelsi»ni boşqarib, jamoa bilan Konferensiyalar ligasi (2024/25) va klublar örtasidagi jahon çempionatida (2025) ğolib bölgan, lekin yanvar oyida işdan böşatilgandi.
Yetti turdan söng «Siti» 21 oçko töpladi va APL turnir jadvalida yetakçilik qilmoqda. Uning eng yaqin taʼqibçisi «Arsenal» hisobida 15 oçko bor.












