2022 yilning 1-yarmida mehnat qonunçiligini buzgan 6 mingga yaqin mansabdor 12 mlrd sömdan ortiq jarimaga tortildi. Bu haqda AOKAda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutasaddilari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga 2022 yil 1-yarim yilligida mehnat munosabatlariga oid jami 11 ming 600 dan ortiq murojaat kelib tuşgan. Şundan 6 551 tasi qanoatlantirilgan, 4 546 tasiga tuşuntiriş berilgan. 

Yarim yilda 14 066 ta taşkilot va korxonalarda örganişlar ötkazilgan va mehnat sohasiga oid 41 150 ta qonunbuziliş holatlari aniqlangan. Natijada, 5 935 nafar mansabdor şaxsga 12 mlrd 57 mlndan ortiq ma’muriy jarima qöllanilgan. 

Sud organlariga 1000 dan ortiq da’vo ariza kiritilib, 5 mlrddan ortiq oylik iş haqi va boşqa tölovlar undirildi.