Elektron qabul jarayonlari ötkazilayotgan hududlarda jami 80 ming nafardan ortiq bolalar my.maktab.uz platformasi orqali maktablarga onlayn tarzda qabul qilindi.
Xalq ta’limi vazirligi xabariga köra, 20 iyundan 31 iyulga qadar ota-onalar tomonidan biriktirilgan mikrohudud böyiça onlayn yuborilgan 55 049 ta arizalar maktablar tomonidan qabul qilindi.
1 avgustdan boşlab farzandlarini 1-sinfga joylaştiriş uçun my.maktab.uz elektron platformasi orqali ota-onalarga mikrohududdan taşqari böş örinlar böyiça qöşimça ariza topşiriş boşlandi.
Ön beş kunda (1-15 avgust kuni) mikrohududdan taşqari böş örinlar böyiça ota-onalar tomonidan 34 206 ta arizalar qabul qilindi. Topşirilgan arizalar böyiça 31 799 nafar öquvçilar 1-sinfga qabul qilindi va 2407 nafar ota-onalar onlayn navbat asosida umumta’lim maktablariga borişlari kutilmoqda.
Mikrohududdan taşqari qabul uçun arizalar yuboriş joriy yil 30 avgustiga qadar davom etadi. 16 avgustdan boşlab Toşkent şahri va viloyat markazlaridan taşqari boşqa hududda istiqomat qiluvçi fuqarolarga mikrohududdan taşqari qabul uçun ariza yuboriş jarayoni işga tuşirildi.












