Energetika vazirligining xabar berişiça, bu noma’lum şaxslar tegişli ruxsatnomasiz yer işlarini olib borgani sababli röy berdi.

Qayd etilişiça, bu quvur Töraqörğon IESni yonilği bilan ta’minlagan. Hodisa Töraqörğon elektr stansiyasining majburiy favqulodda töxtatilişiga olib keldi. 
 
Bildirilişiça, hozirgi vaqtda nosozliklarni bartaraf etiş, şuningdek, elektr ta’minoti uçun zaxira quvvatlarini ulaş böyiça barça çoralar körilmoqda.

Boşqa elektr stansiyalarida zaxira bloklarini ulaş böyiça işlarni bajariş uçun ma’lum vaqt zarurligini inobatga olgan holda, hududlarda elektr ta’minotida alohida uzilişlar kuzatilişi mumkin.
 
Mazkur holat yuzasidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.