Mutaxassislar ikkinçi çorakda yevrohudud YaIM 0,7 foizga ösişini taxmin qilgandi. Yil boşida ösiş atigi 0,5 foizni taşkil etgan.
Yevrohudud davlatlarida iqtisodiyot ikkinçi çorakda kutilgan darajada ösmadi. Joriy yilning aprel oyidan iyun oyigaça bölgan davrda YaIM birinçi çorakka nisbatan avvalroq kutilganidek 0,7 foizga emas, atigi 0,6 foizga ösdi. Bu haqda Eurostat Yevropa statistika idorasi 17 avgust, çorşanba kuni ma’lum qildi.
Yil boşida yevrohududda iqtisodiy ösiş atigi 0,5 foiz darajasini taşkil etgan edi. Yillik hisobda mintaqada iqtisodiyot ilgari prognoz qilinganidek 4 foiz emas, balki 3,9 foizga ösdi.
Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, yevrohudud iqtisodiyotiga Rossiyaning Ukrainadagi uruşi fonida yuz bergan energiya inqirozi sababli kelib çiqqan yuqori inflatsiya salbiy ta’sir körsatmoqda. Bu yil ekspertlar yevrohududda iqtisodiy ösişni atigi 2,6 foiz darajasida kutmoqda.











