Ötgan yil noyabr oyida Niderlandiyada pul yuvişda ayblanib qölga olingan Rossiya fuqarosi Denis Dubnikov şu hafta Qöşma Ştatlarga ekstraditsiya qilindi. Bu haqda AQŞ Adliya vazirligining 17 avgust, çorşanba kuni çop etilgan bayonotida aytiladi. 

Vazirlik ma’lumotiga köra, 29 yoşli Dubnikov çorşanba kuni Oregon ştati Portlend şahridagi sudga olib kelingan. Uning işi hakamlar hay’ati tomonidan 4 oktyabr kuni körib çiqilişi belgilangan. Oregon ştati qamoqda saqlaş markazi RIA «Novosti» agentligiga rossiyalik ularda ekanligini tasdiqladi. U garov evaziga çiqib ketiş imkoniyatidan mahrum etildi, deb yozadi axborot agentligi. 

Adliya vazirligi bayonotida ta’kidlanişiça, Amerika rasmiylari Dubnikovni özini Ryuk deb ataydigan kiberjinoyatçilar guruhi manfaatlari yölida pul yuvişda ayblamoqda. Ayblovga köra, rossiyalik 2019 yil iyul oyida AQŞda ham, xorijda ham tölov dasturi viruslari yordamida amalga oşirilgan kiberhujumlar natijasida qölga kiritilgan 400 ming dollardan ortiq mablağni yuvgan. Agar Dubnikov aybdor deb topilsa, 20 yilga ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. 

Rossiyalikning advokati Arkadiy Bux avvalroq ötgan yilning noyabr oyi boşida Dubnikovga Meksikaga kirişga ruxsat berilmaganini aytdi. U yerdan Amsterdamga yöl oldi va AQŞ iltimosiga köra qölga olindi. Buxning ta’kidlaşiça, Dubnikov himoyasi «u pul qayerdan kelganini bilmaganini va Rossiya qonunçiligiga muvofiq holda harakat qilganini» bildiradi. 

The Wall Street Journal (WSJ) gazetasining noyabr oyida yozişiça, Ryuk 2020 yilda Amerika soğliqni saqlaş tizimiga bir qator tölov dasturlari yordamida amalga oşirilgan hujumlar ortida turgan bölişi mumkin va bu hujumlar qurbonlaridan millionlab dollar olgan. 

Dubnikov ikkita kriptovaluta savdo platformasi - EggChange va Crypto asosçilaridan biri. WSJ ma’lumotlariga köra, AQŞ rasmiylari uni uşbu platformalar orqali pul yuvişda ayblamoqda. Noyabr oyida Bloomberg agentligi EggChange kompaniyasi Moskvada ofislari bölgan va noqonuniy yöl bilan olingan kriptovalutani naqd pulga aylantirgan törtta kompaniyadan biri sifatida tilga olingan materialni e’lon qildi.