Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:05 / 18.08.2022
8318
2 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risida bitim tasdiqlanadi
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
2022 yil 21 iyunda Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston hukumati bilan Ozarboyjon hukumati o‘rtasida xalqaro avtomobil qatnovi to‘g‘risida bitim tasdiqlanadi.
Transport vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilanadi.
Qaror loyihasi imzolanishi natijasida:
- O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, yo‘lovchi, yuklarni avtomobilda xalqaro tashish va tomonlar hududlari orqali tranzitni rivojlantirishga erishiladi;
- bitim kuchga kirgandan so‘ng tomonlar davlatlari vakolatli organlari har yili yuklarni xalqaro tashish uchun tenglik asosida o‘zaro kelishilgan miqdordagi ruxsatnoma blankalari bilan almashadi;
- O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish qatnovlari yengillashtiriladi, tomonlar davlatlari hududlari o‘rtasida, ular hududlaridan tranzit tarzda va uchinchi mamlakatlarga/mamlakatlardan yuklarni tashish mazkur davlatlar vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
10:25 / 06.07.2026
Har uchinchi yangi avtomobil - Cobalt: O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobillar ishlab chiqarilmoqda?
10:55 / 04.07.2026
Transport sohasida xavf tahlili raqamlashtiriladi
08:43 / 04.07.2026
Jahon avtosanoatida kuchlar muvozanati o‘zgarmoqda
10:15 / 01.07.2026