Joriy yil 15-16 avgust kunlari Turkmanistonning "Avaza" milliy sayyohlik zonasida dengizga çiqiş imkoniga ega bölmagan davlatlar transport vazirlarining xalqaro konferensiyasi bölib ötdi.
Konferensiya doirasida Özekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Turkmaniston Transport va kommunikatsiyalar agentligi boş direktori Mammetxan Çakiyev hamda Eron yöl va şaharsozlik vaziri Said Rustam Qosimiy bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazdi.
Mammetxan Çakiyev bilan bölib ötgan muzokaralarda tomonlar Aşxobod bitimi doirasida “Özbekiston–Turkmaniston–Eron” xalqaro transport va tranzit yölagi orqali yuklarning Turkiyaga (Van köli orqali) intermodal taşuvlarlarini taşkil etiş, avtomobil taşuvlarida undiriladigan yiğimlarni qisqartiriş, Özbekiston haydovçilariga Turkmaniston vizasini oliş tartibini soddalaştiriş böyiça kelişuvlarga erişdi.
Eron yöl va şaharsozlik vaziri Said Rustam Qosimiy bilan bölib ötgan muzokaralarda avtomobilda xalqaro yuk taşuvlari uçun örnatilgan yiğim va tölovlar miqdorini qisqartiriş, “Çobahor” portidan Özbekistonga yuk avtomobil taşuvlarni taşkil etiş, Özbekiston orqali “Xitoy-Yevropa” transport yönalişida taşuvlarni rivojlantiriş maqsadida Eron tomoni bilan Turkiyaning Van köli orqali taşuvlar sxemasini hamkorlikda işlab çiqişga kelişildi.












