AQŞ yaqin orada Ukrainaga 775 million dollar (taxminan 772 million yevro) miqdoridagi yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi. Bu haqda AQŞ Mudofaa vazirligi saytida 19 avgust, juma kuni ma’lum qilindi.
Xabarda ta’kidlanişiça, uşbu paket doirasida Ukraina Qurolli kuçlari HIMARS YaÖRT uçun qöşimça öq-dorilar, ön oltita 105 millimetrli gaubitsa va ular uçun 36 mingta artilleriya snaryadi, ön beşta ScanEagle razvedka uçuvçisiz qurilmalari, qirqta MaxxPro minaga qarşi zirhli transport vositalari, HARM radarga qarşi raketalar, tankka qarşi TOW raketa tizimlari, Javelin tankka qarşi köçma tizimlari va boşqa turdagi qurollarni oladi.
Pentagon vakilining sözlariga köra, Ukraina harbiylari bilan maslahatlaşuvlar «ularga kerak bölganda, kerakli narsalarni yetkazib beriş uçun» davom etadi.
Avvalroq, 8 avgust kuni AQŞ Ukrainaga 1 milliard dollar miqdorida harbiy yordam berişi haqida xabar berilgandi. 2014 yildan beri Ukrainaga xavfsizlikni ta’minlaş uçun 12,6 milliard dollardan ortiq yordam körsatildi, deya aniqlik kiritdi Pentagon.













