XXR raisi Si Jinping sentabrda bölib ötadigan ŞHT sammitida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuv ötkazişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi Wall Street Journal gazetasi.
"Xitoy rahbari Si Jinpingning sentabrda bölib ötadigan mintaqaviy sammitda Vladimir Putin va boşqa rahbarlar bilan uçraşuv ötkazişi uçun safar tayyorgarligi körilmoqda", - deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, Si Jinpingning Putin bilan uçraşuv ötkaziş qaroriga AQŞ vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga taşrifi sabab bölgan.
"Samarqandga taşrif Sining Ğarbning Xitoyni tiyib turiş uçun qilayotgan sa’y-harakatlariga qarşi turiş uçun AQŞ ittifoqçilari bölmagan mamlakatlar bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş borasidagi maqsadini tasdiqlaydi", - deb yozadi gazeta öz manbalariga tayanib.
Manbalarning sözlariga köra, Si Jinping şuningdek, Pokiston, Hindiston va Turkiya rahbarlari bilan ham uçraşuv ötkazişni rejalaştirmoqda.
Bu Si Jinpingning koronavirus pandemiyasi boşlanganidan buyon qariyb uç yil içidagi birinçi xorijiy safari böladi.
ŞHT sammiti 15-16 sentabr kunlari Samarqand şahrida bölib ötadi.













