Frontdagi vaziyat: Harbiy harakatlar boşi berk köçada, lekin uruş kölami yana kengayişi mumkin
|22:38 / 21.08.202236 50718 min
Lisiçansk va uning atrofidagi aholi punktlari egallangaç, oradan bir oydan ortiq vaqt ötganidan qaramay, Rossiya armiyasi Xarkivdan Xersongaça bölgan 1000 kilometrlik frontning heç bir qismida 10 kilometr masofaga ham oldinga siljiy olmadi. Xuddi şunday, Ukraina armiyasi ham. Vaholanki, Kiyevdagilar janubda keng kölamli qarşi hujumga ötilişi haqida xabar bergandi.
Ikki tomonning ham uruş natijasiga ta’sir körsata oladigan yirik yuriş amaliyoti ötkaziş qobiliyati tobora şubha ostida qolmoqda, şunday ekan, hozirgi mavjud vaziyatni bemalol turğun deb ataş mumkin.
Şu bilan birga, mavjud front çiziği ikki tomonni ham umuman qanoatlantirmaydi – bunday şaroitda tinçlik sulhi tuziş imkonsiz. Xöş, unda endi nima böladi, degan savolga “Meduza” öz maqolasida töxtalib ötdi.
Uruşning davomi böyiça ikki variantni körib çiqiş mumkin: yoki mojaro muzlatiladi (bu holatda Moskva ham, Kiyev ham yutqiziq pozitsiyasida böladi), yoki tomonlardan biri bu turğun vaziyatdan çiqiş yölini topadi. Agar ikkinçi variant hayotiy bölib çiqsa, yanada jiddiyroq eskalatsiyaga olib kelişi mumkin.
Sönggi oy davomida frontda nimalar böldi? Rossiya armiyasida heç qanday yutuq yöqmi? Ukrainlarda-çi?
Sönggi voqealarni uzoq muddatli operativ tanaffus deyiş mumkin.
Ukrain qöşinlari Lisiçanskdan çekinganidan keyin Rossiya armiyasi yozgi janglarning asosiy yönalişida Baxmut, Soledar va Seversk hududlarida yangi mudofaa liniyasiga duç keldi. Rossiya armiyasi Baxmut va Soledarga yaqinlaşib kelgan bölsa-da, bir oydan oşiq vaqt mobaynida yuqori tepaliklarda joylaşgan bu liniyani yorib ötişning imkoni bölmadi. Bu yerda rossiyaliklarning yuriş sur’ati kuniga atigi bir neça yuz metrni taşkil etmoqda.
Baxmut janubi-ğarbida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi iyul oyi oxirida Uglegorsk IESni qölga oldi, bu hudud bir oydan ortiq vaqt davomida qamal qilingandi. Ammo avgust oyi yarmiga kelib yollanma jangçilar Baxmut yönalişi böylab beş kilometrga yaqin masofada ilgarilay olgan, xolos.
«DXR» kuçlari esa Donetsk aeroporti atrofidagi Peski posyolkasining katta qismini egallagan. Katta ehtimol bilan, bu Ukraina qömondonligi uşbu hududdagi artilleriyaning bir qismini boşqa yönalişga ötkazgani, «DXR» qöşini esa, aksinça qöşimça artilleriya kuçlariga ega bölgani tufayli röy bergan. Ukraina armiyasi sakkiz yildan ortiq vaqt mobaynida mudofaaga tayyorgarlik körgan posyolka hududi böylab harakatlaniş bir neça haftalik yuriş davomida ikki kilometrdan oşmadi.
Ukrainaning Xersonga qarşi hujumi hali ham boşlanmadi. Sönggi vaqtlarda Mikolaviyga taşrif buyurgan ğarblik muxbirlar yaqinlaşib kelayotgan keng kölamli hujum alomatlarini körişmaganini aytişgan. Ular bilan suhbatda bölgan ukrain harbiylari esa Lisiçansk yaqinidan Xersonga olib kelingan qöşimça kuçlar RF armiyasi hujumga ötişiga imkon berişidan xavotirlarini bildirişgan.
Mavzuga oid
Ikki tomon ham yaxşi uddalagan iş — bir-birining front ortidagi hududlariga raketa zarbalari yöllaş bölmoqda. AQŞ va Buyuk Britaniyadan uzoq masofaga uçuvçi va nişonga aniq boruvçi raketa tizimlarini qabul qilib olgan Ukraina armiyasi sönggi haftalarda samarador zarbalar borasida rossiyaliklarni ortda qoldirayotgandek körinmoqda. Xususan, Dnepr ustidan Xerson tomon olib ötuvçi va u yerdagi Rossiya qöşini ta’minoti uçun muhim bölgan uçta köprikning barçasi safdan çiqarildi. Ammo rossiyalik harbiylar bir neça parom orqali keçuvlarni yölga qöymoqda. Hozirça bu qöşimça kuçlar hisobiga kengaygan kontingent ta’minoti uçun yetarli bölişi aniq emas, ammo Dneprning öng sohilidagi rossiyalik harbiylar öq-dori yetişmovçiligidan qiynalişmayapti: ukrain harbiylari ham öqqa tutilmoqda.
Bu uruş boşi berk köçaga kirib qolganini anglatadimi?
Bunday deyişga «uruşlarga xos noaniqliklar» va raqiblarning safarbarlik salohiyati hali tugab bitmagani fakti xalal beradi.
Bir tomondan ikki armiyadagi safarbarlik haqida ma’lum bölgan barça ma’lumotlar yoz böyi ular kerakli zaxiralarni şakllantira olmaganini körsatadi. Sabablar esa keskin farqlanadi.
Rossiya tomonining safarbarligi haqida nima deyiş mumkin?
Rossiya armiyasi Ukrainada jonli kuç tanqisligini boşdan keçirişda davom etmoqda. Armiya tölaqonli birlaşma böla olmayapti: uning saflarida tinçlik davridagi töldirilmagan tuzilmalardan ajratilgan batalon-taktik guruhlar qoldiqlari, xususiy harbiy kompaniyalarning yollanma jangçilari, tan olinmagan «DXR» va «LXR»da safarbar qilinganlar, Rossiya regionlarida tez va yuzaki tayyorgarlikdan ötkazilgan «köngillilar» jang qilmoqda.
Hududlardan kelayotgan xabarlarga köra, katta pullar evaziga «köngillilar»ni yiğiş siyosati natijalari kamtarona bölmoqda. Barça regionlarda ham «köngilli batalonlar» tuzişning imkoni bölmayapti, tuzilgan bölinmalar tarkibidagi köngillilar soni ham u qadar katta emas (köp hollarda bu batalon emas, rotaga öxşaydi); bittadan ortiq batalon tuzişga muvaffaq bölingan regionlar soni 15 dan oşmaydi.
Bu şuni anglatadiki, frontga faqat bir neça ming «köngilli» kelgan yoki yaqin haftalarda keladi. Ularga «Vagner» yoki boşqa «xususiy» bölinmalarning yangi yollanma jangçilarini ham qöşiş mumkin.
«Köngilli batalon»larning jangovar qiymati pastligini hisobga olib, ular, katta ehtimol bilan alohida qismlar sifatida emas, Rossiya armiyasining jangovar bölinmalaridagi yöqotişlar örnini töldiriş uçun «madad kolonnalari» sifatida foydalanilişini kutiş mumkin.
Ukraina tomonining safarbarligi bilan nima bölmoqda?
Safarbarlik jarayonidagi ayrim muammolarga qaramay, Ukraina armiyasida jonli kuçlar soni böyiça muammo yöq.
Ammo safarbar qilinganlarni öqitiş va qurollantiriş darkor. Birinçisi vaqt talab qilsa, ikkinçisi — ittifoqçilar tomonidan qurol yetkazib berilişi töxtovsiz davom etişini talab etadi, çunki Ukrainaning özida qurol zaxiralari va ularni işlab çiqariş imkoniyatlari deyarli tamom bölgan.
Ammo qurol-yaroğ ta’minoti (Rossiyaniki bilan taqqoslaganda samaraliroq bölsa ham) hozirça bir neça önta yangi brigadalarni şakllantiriş (va mavjud brigadalarni qayta qurollantiriş) uçun yetarli bölmayotgani aniq — keng kölamli yuriş uçun esa aynan şunday brigadalar zarur.
Bunday şaroitda Rossiya armiyasi artilleriya va unga öq-dorilar hajmi borasidagi ustunlik evaziga asta-sekinlik bilan ukrainlarni Donbassdan siqib çiqarişda davom etişini, ukrainlar esa ularni töxtatişga harakat qilib, boşqa uçastkalarda qarşi hujumlar uyuştirişi hamda öq-dori omborlari va kommunikatsiya tizimiga zarbalar yöllaşini kutiş mumkin. Bu jarayonga bir neça oy ketadi.
Boşqa tomondan, Rossiya qömondonligi ham, ukrainlar ham barça kuçlarni işga solmayapti: xususan, Lisiçansk egallangaç, bu yönalişda foydalanilgan Rossiya kuçlarining bir qismi «rotatsiya böyiça» frontdan olib ketildi. Katta ehtimol bilan, oçiqçasiga «köngilli batalon»lar tuziş va xususiy harbiy kompaniyalar safini yangi yollanma jangçilar bilan töldirişga parallel tarzda armiya qismlariga şartnoma asosida xizmat qiluvçi harbiy xizmatçilar ham jalb etilmoqda va bu Rossiya qömondonligiga nihoyat frontga tölaqonli birlaşmalar — brigada va diviziyalar jönatiş imkonini beradi.
Ukraina qömondonligi hozirça frontga uruş boşlangaç tuzilgan bir neça tuzilma yubordi va bu brigadalardagi harbiylar soni 20 ming atrofida (qolaversa, mavjud brigadalar hamda hududiy mudofaa batalonlari saflari töldirib borildi), bu vaqtda umummilliy safarbarlik doirasida, rasmiy ma’lumotlarga köra, armiyaga yuz minglab kişilar çaqirilgan; Ğarbdan olingan qurollarning bir qismi ham (katta ehtimol bilan, yarmidan köproği) hali frontga yuborilmadi. Bularning bari şuni anglatişi mumkinki, tomonlar bir vaqtning özida harbiy harakatlar intensivlaşişiga tayyorgarlik körmoqda.
Foto: Frank Augstein / AP / Scanpix / LETA
Vaqt ötişi bilan bunday jadallaşuv ehtimoli ösadi (ikki tomonning jalb etgan resurslari ortişiga mos ravişda: nazariy jihatdan Kreml Ukrainaga hatto million kişilik qöşin (hozirgi yuz mingdan ortiqroq harbiylar bilan qöşganda) yuboriş imkonini beruvçi haqiqiy safarbarlik e’lon qilişi mumkin. Ğarb esa bunga Kiyevga yordam hajmini oşiriş orqali javob qaytarişi mumkin. Yoki aksinça, qurol yetkazib beriş hajmi keskin ortişiga javoban Rossiya mobilizatsiya bilan javob beradi.
Bu eskalatsiya muqarrar deganimi?
Muqarrar emas, ammo ehtimoli yuqori, çunki mojaro hozirgi pozitsiyalarida muzlatilişi Kremlni ham, Ukrainani ham qoniqtirmaydi.
Rossiya mojaro muzlatilişidan nega manfaatdor emas?
Harbiy tarixçi Igor Kurtukov bunday ssenariyning Kreml uçun qanday oqibatlarga ega bölişini tasvirlab beradi. Unga köra, vayronaga aylangan Luhansk oblasti (töliq) Donetsk, Xerson, Xarkiv va Zaporijjya oblastlarining bir qismi (şuningdek Mikolayiv oblastining bir parçasi) uçun Rossiya hukumati boşqa barça «frontlar»da vaziyat yomonlaşuvi bilan haq tölagan:
mamlakat nafaqat iqtisodiyot rivojiga tösqinlik qiladigan, balki Kreml uçun undanda muhimroq hisoblangan armiyani qayta qurollantirişga yöl bermaydigan sanksiyalar ostida qolgan;
bu armiya öz zaifligini yaqqol körsatib qöydi, bu undan taşqi siyosatda argument sifatida foydalanişni qiyinlaştiradi; mojaroning muzlatilişi bu zaiflikni mamlakatning butun aholisiga yanada ayonlaştiradi;
NATOning, kengroq aytganda Ğarbning birdamligi — parçalaniş uyoqda tursin, aksinça mustahkamlandi. Endilikda Rossiyani rasman asosiy duşman sifatida biladigan NATO mamlakatlari bilan özaro çegara sezilarli darajada uzaydi (blokka Finlandiya ham a’zo bölib kirayotgani tufayli). AQŞ armiyasining Yevropadagi kontingenti ösdi, NATOning ön yillar mobaynida harbiy xarajatlar böyiça öz majburiyatlarini bajarmay kelgan Yevropadagi a’zolari endi köproq mablağ ajratişga tayyor. Alyans nafaqat öz a’zolarining, balki tajovuzga uçragan (vaqtinça bölsa ham hududining bir qismini boy bergan) hamkor davlatlarning suverenitetini saqlaşda samaradorlik körsatdi;
Ukraina «demilitarizatsiya» qilinmadi — aksinça, uning armiyasi jiddiy darajada Ğarbning zamonaviy qurollari bilan qurollantirildi va ulardan foydalanişga örgatildi. Va bu jarayon davom etadi;
Ukraina bilan tutaşuv çiziği ösmoqda, endilikda tan olinmagan respublikalar körinişidagi bufer hudud yöq, çunki Rossiya ularni tan oldi va amalda öz tarkibiga qöşib oldi. Bu şuni anglatadiki, Kreml Kiyev bilan «muzlatilgan» qarama-qarşilik uçun uruşga qadar bölganidan ança köproq resurslar sarflaşini talab etadi;
mojaro muzlatilgan holatda ham bosib olingan hududlar öqqa tutilişi töxtab qolişi fakt emas, bu esa fevral oyida «Donbassni otişmalardan qutqariş» istagi bilan uruş boşlagan Kreml narrativini çippakka çiqaradi.
Bular (hatto yöqotişlarni qöşmaganda ham) ğalaba deb ataş qiyin bölgan sof yutqizişdir.
Kreml Donbassning töliq egallanişini ğalaba sifatida e’lon qilişi ham mumkin (hatto Qora dengizning Ukrainadagi sohillari töliq egallanmaganda ham). Bunday ğoya rossiyaliklar delegatsiyasi tomonidan mart oyidagi muzokaralardayoq ilgari surilgandi. Katta ehtimol bilan, Kreml «bizning şartlarimiz asosida tinçlik» deganda şuni nazarda tutgan.
Mojaro muzlatilişi nima uçun Ukraina hukumatiga kerak emas?
Mart oyidagi öşa muzokaralarda Ukraina vakillari rossiyaliklar şartlarini muhokama qilişda qatnaşgandi (garçi buni oçiqçasiga tan olmagan bölişsa-da): Rossiya armiyasi öşanda Kiyev markazidan 30 kilometr masofada turar, Xarkiv qariyb örab olingan va Odessaga yuriş qilinişi davom etayotgandi.
Endi esa Ukraina davlatçiligiga bevosita tahdid kamida keyinga qoldirilgan, şuning uçun Kiyev katta hududlarini boy beriş şartini eşitib ham ötirmaydi.
Kiyev sönggi vaqtlarda öz harbiylari oldiga «Ukrainani töliq ozod qiliş», jumladan Qrimni ham qaytarib oliş maqsadini qöygan;
Ukraina (aprel oyida bölgani kabi) tutaşuv çiziğini uruşdan oldingi holatda tiklaş hamda «barça hududlarni qaytariş uçun diplomatik sa’y-harakatlar olib boriş» orqali «oraliq maqsad» körinişidagi nisbatan yumşoq variantni ham körib çiqayaptimi, yöqmi, bunisi noma’lum (bunday variantni ğalaba sifatida e’lon qiliş ham mumkin bölardi).
Lekin, Kreml bu variantlarning heç birini qabul qila olmaydi (toki u yerda Putin bor ekan). Öyin nazariyasiga asoslangan harbiy-siyosiy nazariya tomonlarning mojaro natijasi böyiça baholarida bu qadar farqni hisobga olgan holda uzoq muddatli sulh uçun heç qanday imkoniyat qoldirmaydi.
Foto: Maksim Şemetov / Reuters / Scanpix / LETA
Voqealar rivojining quyidagi ikki ehtimoliy varianti bölişi mumkin.
Tomonlar harbiy harakatlarni töxtatiş uni frontdagi vaziyatni öz tomoniga oğdirguniça davom ettirişdan köra foydaliroq böladi deb topmagunça, har ikki tomon uçun siyosiy maqsadlarga erişişning aniq yöli bölmagan, uzoq, maşaqqatli uruş. Tarixda bunday misollar köp. Masalan, 1950-yillar boşida Koreya uruşi boşi berk köçaga kirganidan keyin mojaro muzlatilguniga qadar ikki yil vaqt ötadi. Töğri, öşanda yaraşuv sulhi tuzilişiga ikki tomon rozi bölişini tomonlar uruşdan oldingi holatga nisbatan heç narsa yöqotmagani (millionlab harbiylar va tinç aholi hayotidan taşqari) ham osonlaştirgandi.
Mojaro eskalatsiyasi. Yuqorida aytilganidek, Kreml (zöravonlik bilan) umummilliy safarbarlik e’lon qiliş orqali mamlakatning uruşdagi iştirokini oşirişi mumkin. Bunga mos ravişda, ukrain armiyasi ta’minoti töla qaram bölgan Ğarb qurollar yetkazib beriş hajmini keskin oşirişi mumkin — omborlaridagi eski texnikalari hisobiga ham, öz armiyasi arsenalidagi texnikalar hisobiga ham.
Kreml ham, NATO ham boşqarib bölmaydigan eskalatsiya yuzaga kelişi va hatto mojaro Ukraina çegaralaridan taşqariga çiqib ketişidan çöçib, öz harakatlarini raqibnikiga moslab amalga oşirayotgan bölişi mumkin. Ammo agar ular jiddiy qöşimça sa’y-harakatlarsiz özlariga maqbul siyosiy maqsadlarga erişa olmasliklarini anglab yetişsa, eskalatsiya ehtimoli juda yuqori böladi.
Bunday eskalatsiya nimaga olib kelişi mumkin?
Natijani oldindan aytib bölmaydi. Barça variantlar ehtimolli:
tomonlardan biri siyosiy sabablar tufayli resurslarni oşirişni töxtatişi mumkin (bu esa u hududlarni boy beriş evaziga tinçlik muzokaralarga könişga majbur bölişini anglatadi);
bir vaqtning özida ikki tomon ham resurslarni oşira olmay qolişi mumkin (bu holatda Kreml uçun ham, Ğarb uçun ham), bu esa yangi turğunlikka sabab böladi;
Kreml siyosiy maqsadlarni özgartirişi mumkinligini ham istisno qilib bölmaydi — Ukrainani bosib oliş birinçi navbatda şaxsiy loyihasi bölgan Putin qandaydir sababga köra hokimiyatda qolmasa.
Harbiy ekspertlar eng ekstremal variantlarni ham, jumladan Rossiyaning NATO bilan töğridan töğri töqnaşuvi ehtimolini ham muhokama qilişmoqda. Amerikadagi taniqli tahlil markazi bölmiş think tank The RAND Corporation bunday töqnaşuvga olib kelişi mumkin bölgan voqealar zanjirini keltirdi.
Agar Ğarb öz yetkazmalari bilan faqat Kremlning özi uçun ma’lum bölgan «qizil çiziq»dan ötsa (katta ehtimol bilan, u Rossiya rahbariyatining uruşdagi mağlubiyati muqarrarligi körinib qoladigan joydan ötadi), Kreml operativ-taktik raketalar bilan Ukraina taşqarisidagi logistik zanjirlar va omborxonalarga ham zarba bera boşlaşi mumkin.
Boşqa «yöli» ham bor: Rossiya rahbariyati NATOning mamlakatga hujumi muqarrar degan qarorga kelişi mumkin (masalan, agar Şarqiy Yevropada qöşinlar va zarbdor majmualarning joylaşuvi özgariş körsa yoki Ğarb matbuoti va jamoatçiligidan töğridan töğri intervensiyaga çaqiriqlarni eşitsa). Ekspertlar hisoblaşiça, bunday holatda nafaqat konvensiya ruxsat beruvçi qurollar bilan, balki taktik yadro qurollari bilan ham zarbalar yöllanişi ehtimoli böladi.
Amerikadagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi bunday nazariyani AQŞ va Rossiya taraf bölib «öynaydigan» bir neça jamoalar (xavfsizlik böyiça tajribali mutaxassislardan iborat) iştirokidagi öyinda sinab körgan. Ularga «duşman»ning harakatlariga javoban qaror qabul qiliş, qarama-qarşilik vaziyatidan yutuqli holatda çiqiş (duşmanni zaiflaştiriş va öz pozitsiyasini yaxşilaş) böyiça topşiriq berilgan.
Öyin uruşdagi turğun vaziyatdan boşlangan. Maqsad boşi berk köçadan özi uçun foydali çiqiş yölini topiş (muzokaralardagi pozitsiyasini kuçaytiriş) va raqibga bunday imkon qoldirmaslik bölgan. Jamoalarga harakatlar variantlarni tanlaş topşiriq qilingan, ular foyda va eskalatsiya darajasiga köra baholanadi.
Öyin natijalariga köra barça iştirokçilar tilda mojaro intensivlaşişi va uning Ukraina çegaralaridan taşqariga yoyilişi ehtimoli kamayişini istaşsa-da, amalda ular, yutqazişdan qörqib, eskalatsiya kuçayişi va uruş geografiyasi kuçayişiga olib keladigan qarorlar qabul qilişga moyilligi ma’lum böldi.
Tadqiqot mualliflari fikriça, bu şuni anglatadiki, Ukrainadagi uruş «Yevroosiyodagi buyuk derjavalar qarama-qarşiligida yangi ötkir bosqiçning oxiri» emas, balki boşlanişi böladi.