Ijtimoiy tarmoqlarda Şahrisabz şahar tibbiyot birlaşmasiga qaraşli tuğuruq bölimi 10 avgust kunigaça 5 nafar çaqaloq vafot etgani uçun yopilgani, ölimlarning hammasi ham tegişli tartibda röyxatlarga qayd qilinmagani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Qaşqadaryo viloyati SSB axborot xizmati munosabat bildirdi.

Unda yozilişiça, 2022 yil avgust oyida tuğuruq bölimida 3 nafar çaqaloq ölimi qayd etilgan. Har bir holat yuzasidan şahar içki işlar bölimiga öz vaqtida xabar berilgan. Sud tibbiy ekspertizasi tayinlanib, şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda aytilgan çaqaloq, 2022 yil 5 avgust kuni ona va bolaning hayoti xavf ostida qolganligi sababli kesarça kesiş usulida olingan.

Gödakning jinsi öğil, vazni 2 340 gramm, böyi 48 santimetr deb qayd etilgan. Körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 7 avgust kuni soat 8:00 da çaqaloq vafot etgan. Kasallik tarixida çaqaloqning ölimiga “Asfiksiya örta oğir darajasi. Kam vaznli çaqaloq. Nafas yetişmovçiligi sindromi. Tuğma yurak nuqsoni” taşxisi qayd etilgan.

Mazkur holat haqida öz vaqtida tegişli tartibda huquqni muhofaza qiliş idoralariga xabar berilgan. Sud tibbiy ekspertizasi belgilangan.

Qayd etilişiça, Şahrisabz şahar tibbiyot birlaşmasining 145 örinli tuğuruq va terapiya bölimlari ta’mirlanişi munosabati bilan hamda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi markazi Şahrisabz şahar bölimining 2022 yil 9 avgustdagi dalolatnomasiga köra, birlaşmaning tuğuruq bölimi 2022 yil 10 avgustdan rejali ravişda vaqtinça yopilgan.

Homilador ayollar Şahrisabz va Kitob tumanlari tuğuruq bölimlariga joylaştirilmoqda. Quriliş işlari şahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Boş prokuratura matbuot kotibining ma’lum qilişiça, aynan şu çaqaloqning ölimi yuzasidan 7 avgust kuni sudga oid tibbiy ekspertizasi hamda tibbiyot birlaşmasi xodimlarining harakatlari yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan. Şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Tekşiruv viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.