Foto: Getty Images 

Kiyev viloyatining Makarov qişloğida yaşovçi, musiqa maktabi sobiq öqituvçisi, hozirda nafaqada bölgan Alla Vitkovskayaning uyi mart oyidagi janglarda vayron qilingandi. Ruslar Kiyevni örab oliş uçun qişloqni yorib ötişga harakat qildilar va bu yerda şiddatli janglar böldi.

Bu uy 1911 yilda qurilgandi. U oilaning tört avlodi tomonidan ta’mirlandi, qayta qurildi, deydi Vitkovskaya. Ammo bir neça kunlik janglardan keyin uydan heç narsa qolmadi.

Foto: Alla Vitkovskaya

«Hammasi yonib ketdi – uy, yozgi oşxona, garaj. Ikkita yertöla bor edi - birortasi ham qolmadi, qoramol ham, tovuq ham, - deb sanab ötadi u. Hozir faqat gullar oçilib turibdi va siniq pianino bor xolos».

Ayolning aytişiça, uning oilasi uyni tiklay olmaydi yoki yangisini ham sotib ololmaydi. Eri birinçi guruh nogironi, ikkisi ham nafaqada. Ular heç bölmaganda vagonça yoki vaqtinçalik modul-uy olişga umid qilişmoqda.

Vitkovskaya uruş tufayli boşpanasiz qolgan 3,5 million ukrainalikdan biridir.

Kiyev iqtisodiyot maktabining dastlabki hisob-kitoblariga köra, Ukrainada kamida 15,3 ming köp qavatli uy va 115,9 ming xususiy uy şikastlangan yoki vayron bölgan. Yetkazilgan zarar hajmi kamida 48 milliard dollarni taşkil qiladi va bu qiymat uruş davom etgan sayin ösib bormoqda.

«Davlat yöqotilgan köçmas mulkning har bir metri uçun tovon tölaydi», deb va’da qilgan edi prezident Volodimir Zelenskiy mart oyi oxirida ukrainaliklarga.

Jarayon boşlandi

Ukrainada vayron bölgan va yöqotilgan uy-joylar qanday qilib va qança miqdorda qoplab berilişi haqidagi qonun hali ham qabul qilinmadi. Qonun loyihasi 1 aprelda birinçi öqişda qabul qilingan va şundan beri ikkinçi öqişga tayyorlanmoqda.

Qonun loyihasi mualliflaridan biri, «Xalq xizmatkori» fraksiyasi vakili Yelena Şulyak hujjat avgust oxiri yoki sentabr oyi boşida ovozga qöyilişi mumkinligini taxmin qildi.