Muloqotda parlamentlararo aloqalarni kengaytiriş, siyosiy, savdo-investitsiya, akademik va madaniy-gumanitar sohalardagi muloqotni ikki davlat darajasida ham, kongressmenlar vakili bölgan Missisipi va Illinoys ştatlari bilan ham çuqurlaştirişga e’tibor qaratildi.
Kongress vakillar palatasidagi «Özbekiston böyiça kokus» faoliyati muhokama qilindi. Kokus tarkibi Özbekiston bilan strategik şeriklikni tizimli rivojlantirişni har tomonlama qöllab-quvvatlaydigan istiqbolli amerikalik qonun çiqaruvçilar hisobiga kengayib borayotgani ta’kidlandi.
Kongressmenlar Özbekistonda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qöllab-quvvatlaş yuzasidan çoralarni körişga tayyorligini bildirdi.
Afğoniston masalasida fikr almaşildi. Tomonlar uşbu mamlakatdagi murakkab gumanitar vaziyat oldini oliş böyiça özaro hamkorlik qilişga tayyor ekanini bildirdi.
Uçraşuvda ikki tomonlama kun tartibi dolzarb masalalari, mamlakatlar xalqaro taşkilotlar doirasidagi aloqalari körib çiqildi.












