O‘zbekiston | 13:19 / 23.08.2022
6553
2 daqiqa o‘qiladi

«Ayollar biznesi uchun birinchi qadam» tanloviga 10 mlrd so‘m ajratildi

Nazokat Abduqunduzova

“Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanloviga Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish yo‘nalishidagi ishlar tahlili bo‘yicha ma’lumot berdi.

Startap loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha 2019-2022 yillar mobaynida 10 ta tanlov e’lon qilindi. Tanlovlarda har bir startap loyihasi 6 bosqichli saralashdan o‘tkaziladi.

Shu kunga qadar tanlovlarga 2 000 ga yaqin ariza kelib tushgan. 2019-2022 yillar davomida jami hisobda 104 mlrd so‘mlik 155 ta startap loyiha moliyalashtirilgan. Startap loyihalarni moliyalashtirilishi natijasida jami 1 279 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 2022 yil birinchi yarim yilligiga ko‘ra jami 12,9 mlrd so‘mlik 16 ta startap loyihalar moliyalashtirilgan.  

2023 yil oxiriga qadar respublika barcha hududlarida yoshlar texnoparklari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Vazirlik tashabbusi bilan startap loyihalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3 ta investitsiya kompaniyasi, 6 ta venchur fondi va 1 ta boshqaruv kompaniyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Mavzuga oid