1993 yilda qurilishi boshlanib, 1997 yilda foydalanishga topshirilgan zavodda o‘tgan 25 yil mobaynida 41 mln tonnadan ortiq uglevodorod xomashyosi qayta ishlangan. Zavod tashkil etilganida 7 turdagi mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning turi 20dan oshdi.

Buxoro neftni qayta ishlash zavodining 25 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi Yoshlar markazi binosida tantanali tadbir tashkil etildi. Tadbir “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayevning bayram tabrigi bilan ochib berildi. Tadbirda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov, tegishli vazirlik vakillari, soha fidoyilari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar zavodda erishilgan yutuqlarni, ishchi-xodimlarning fidokorona mehnatini e’tirof etishdi. 

Ta’kidlanishicha, 1997 yil 22 avgustda Buxoro neftni qayta ishlash zavodining birinchi navbati ishga tushirilgan. Zavodni loyihalashtirish va qurish «TECHNIP» konsorsiumi ishtirokida amalga oshirilgan hamda qurish jarayonida uglevodorodlarni qayta ishlash sohasida fan va texnikaning eng zamonaviy yutuqlaridan foydalanilgan. 

Zavodda turli markadagi motor benzinlari (AI 91, 92, 95, QuWatt 95, 98 va 80), JYeT A-1 aviatsiya yoqilg‘isi, TDL (yozgi), EKO L (yozgi), EKO Z (qishki), Yevro K4 va K5 turdagi dizel yoqilg‘ilari, TDU (og‘irlashtirilgan), M100 va M40 markali qozonxona moyi, pirolizli gazolin, propan xladogenti, suyultirilgan neft gazi, S4-135/220 uglevodorod eritgichi, texnik oltingugurt kabi neft mahsulotlari ishlab chiqariladi.

So‘nggi yillarda zavodda O‘zKFITI bilan hamkorlikda xlorli gazlarni yutib qoluvchi mahalliy O‘z-AD-1 adsorbenti, “Fan va taraqqiyot” DUK bilan hamkorlikda kimyoviy reagent – “Deemulgator” olish texnologiyasi kabi qator loyihalar yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, 2020-2021 yillarda zavodda yangi mahsulotlar ishlab chiqarish dasturi doirasida