Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Kengashning tashkil etilishi ikki mamlakat oʻrtasidagi sheriklikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar ochayotganini taʼkidladi. U bildirilgan ishonch uchun Oʻzbekiston prezidentiga minnatdorlik izhor qildi.

Shuningdek, tashabbusni qoʻllab-quvvatlagani, Oʻzbekistonga qaratayotgan eʼtibori va hamkorlikni kengaytirishga tayyorligi uchun Marko Rubio, uning rafiqasi Janett hamda Serjio Gorga alohida rahmat aytdi.

Saida Mirziyoyeva endi asosiy eʼtibor erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etishga qaratilishi kerakligini qayd etdi.

«Endi oldimizdagi asosiy vazifa - erishilgan ushbu kelishuvlarni aniq amaliy natijalarga, yaʼni investitsiyalar, zamonaviy korxonalar va yangi ish oʻrinlariga aylantirishdir. AQSH bilan hamkorlikni rivojlantirishdan koʻzlagan maqsadimiz ham shu», - dedi u.