Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rajab Toyyib Erdöğanni sentabr oyida Samarqandda bölib ötadigan Şanhay hamkorlik taşkiloti (ŞHT) sammitiga taklif qildi, deb xabar bermoqda Eronning Tasnim agentligi manbalarga tayanib. Putin sammitga Suriya prezidenti Başar Asadni ham taklif qildi.

Matbuot xabarlariga köra, Turkiyaning «Vatan» partiyasi rahbari Döğu Perinçek yaqin orada delegatsiya tarkibida Suriyaga jönab ketadi va u yerda Başar Asad bilan uçraşib, muzokaralar ötkazadi. Perinçek bilan bir qança sobiq vazirlar va «turk diplomatiyasi faxriylari» safarga çiqadi. Iştirokçilarning aniq soni va delegatsiya tarkibi keltirilmagan. Safar hisoboti Turkiya rasmiylariga taqdim etiladi. 

Uçraşuvda aloqalarni tiklaş, Suriya şimolida terrorizmga qarşi birgalikda kuraşiş va qoçqinlarni qaytariş masalalari muhokama qilinişi rejalaştirilgan. Tasnim xabariga köra, agar bu uçraşuv «ijobiy» bölsa, Turkiya va Suriya prezidentlari ŞHTning bölajak yiğilişi doirasida uçraşişi mumkin. 

Turkiyaning Turkiye gazetasi avgust oyi boşida Rajab Toyyib Erdöğan va Başar Asad telefon orqali muloqot qilişi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Ikki davlat rahbarlari 2011 yildan beri gaplaşmayapti. Turkiya Taşqi işlar vazirligi bölajak muzokaralar haqidagi ma’lumotni rad etdi. Diplomatik idora rahbari Mavlud Çavuşöğli Suriya bilan töğridan töğri aloqalar haqida hozir «gap-söz ham bölişi mumkin emas» dedi.