Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Ozarboyjon prezidentlari erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda sezilarli yutuqlarni qayd etdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Joriy yil iyun oyida o‘tkazilgan oliy darajadagi uchrashuvlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishdagi yutuqlar qayd etildi.
Davlat rahbarlari amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish lozim ekanini ta’kidladi. Kelgusi kuzda ikki mamlakat hududlari forumi va sanoat salohiyati ko‘rgazmasini o‘tkazish muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi. Bo‘lajak ko‘p tomonlama uchrashuvlar, shu jumladan Samarqand shahridagi Shanhay hamkorlik tashkiloti va Turkiy davlatlar tashkiloti sammitlari rejasi va kun tartibi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
20:47 / 12.11.2024
“Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz” - Shavkat Mirziyoyev
20:26 / 12.11.2024
Mirziyoyev: Yevropaga “yashil” energiya yetkazish bo‘yicha ko‘p tomonlama bitim imzolaymiz
17:29 / 12.11.2024
Mirziyoyev BMT miqyosida Daryo ekotizimlarining butunligi deklaratsiyasini tuzishga chaqirdi
23:45 / 11.11.2024