O‘zbekiston | 12:20 / 24.08.2022
10577
2 daqiqa o‘qiladi

Har 2 yilda nogironlik pensiyasi miqdorini qayta hisoblash amaliyoti joriy etiladi

Foto: Kun.uz

Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisi boshlandi. Unda deputatlar “Fuqarolar davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdi.

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisoblanadi. Bunda, nogironlik pensiyasi olayotgan fuqaro pensiya yoshiga yetganda yoki boquvchisini yo‘qotganda nogironlik pensiyasini olishni davom ettirsa (boshqa pensiya turiga o‘tmasa) I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqtini qo‘shib nogironlik pensiyasi qayta hisoblanmaydi.

Qonun loyihasi bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga pensiya tayinlangandan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, ish staji va ish haqini hisobga olgan holda hamda kelgusida har 2 yilda nogironlik pensiya miqdorlarini qayta hisoblash amaliyoti joriy etiladi. 

Deputatlar ta’kidlashicha, qonun loyihasi qabul qilinishi amaliyotda qo‘llashda yuzaga kelayotgan turli xil yondashuvlar oldini olish, korrupsiogen faktorlarni keltirib chiqaruvchi holatlarga barham berish, ijtimoiy adolat tamoyilidan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan shaxslar daromadini oshirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid