
Ilm-fanning işlab çiqarişga integratsiyasi yangi turdagi mahsulotlar işlab çiqarilişiga sabab bölmoqda. Ayniqsa, innovatsion işlanmalarning sanoatga tatbiq etilişi yangi mahsulot turlarini işlab çiqarişda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida samarali izlanişlar olib borilmoqda. Jumladan, 2022 – 2024 yillarga möljallangan “Olmaliq KMK” AJ “Nodir metallar va qattiq qotişmalar ilmiy işlab çiqariş birlaşmasi”ni rivojlantiriş va yangi mahsulotlarni özlaştiriş dasturi ijrosi böyiça salmoqli işlar amalga oşirilyapti.

Xususan, birlaşma qoşidagi Özbek-Koreys ilmiy texnologik markazi mutaxassislari, (Innovatsion texnologiyalarni işlab çiqiş va joriy etiş markazi rahbari, professor Amir Obidov hamda NASA agentligi, Hyundai va Samsung kompaniyalarining loyihalarida qatnaşgan yoş olim, kimyogar Elyorjon Jumayev hamkorlikda bir qator) yangi turdagi mahsulotlarning ilk namunalarini olişga muvaffaq bölişdi.

Uşbu mahsulotlardan biri yuqori darajada mustahkamlik va egiluvçanlikka ega nikel asosli yangi superqotişmadir.
Qotişmadan uzoq işlaydigan, masalan, avtomobilsozlik, içki yonuv dvigatellari, yuqori issiqlikda işlovçi qurilmalar, neft-gaz sohasida, aerokosmik işlab çiqarişda foydalaniladi.
Hozir dunyo davlatlarida inconel degan nikel asosli qotişma bor. Bu rivojlangan avtomobilsozlikda köp işlatiladi. Asosan, Chevrolet, Hyundai, Kia'lar motorida şunday material işlatiladi.
Yangi ixtiro nikel asosli superqotişmalar oilasiga mansub bölgan metall kompozitsiya hisoblanadi. Uning afzalligi oksidlaniş darajasi yöqligida, ya’ni korroziyaga uçramaydi, şu sabab uzoq muddat yaroqli böladi. Ziçligi pastligi hisobiga yengil, lekin bu mört degani emas. Ya’ni u yengil, mustahkam, egiluvçan, har xil harorat va iqlimlarda sinib ketmaydi, taşqi muhit ta’sirini olmaydi (Uşbu ixtiro muallifi Elyorjon Jumayevning ta’kidlaşiça ). Ixtiro xalqaro miqyosda patentga loyiq topilgan. Bu ixtiro aerokosmik va avtomobilsozlik sohalari uçun muhim yangilik böldi. Yangi superqotişma yengil bölişi bilan birga, juda yuqori haroratga bardoşli hisoblanadi va yengil quyiladi.
Yana bir yangi mahsulot ammoniy oktamolibdat bölib, u tutunni kamaytiruvçi va olovni söndiriş xususiyatiga ega. Uşbu modda barça plastik mahsulot (polivinilxlorid )lariga qöşilganda birinça navbatda yonğinni öçiriş xususiyatga ega. Eng afzallik jihati, plastik quriliş materialiga qöşilganda uning yonuvçanligini töxtatişi bilan ahamiyatli. Şuningdek, uşbu mahsulot dunyo bozorlarida avtomobil intereri, aviakosmik intereriga, kabellarga qöşiladi.











