“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida Törtköl tumanida Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining filialini taşkil qiliş haqida petitsiya joylaştirildi.
Murojaat muallifi Törtköl tumanidagi Bank kolleji bazasida Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining filialini oçişni taklif qilingan.
“Mazkur kollejda 1996-2019 yillar davomida farzandlarimiz “Bank kollej”larini tugatib, bank sohasi böyiça örta-maxsus diplomga ega böldilar va bugungi kunda iqtisodiyotimizning barça sohalarida samarali mehnat qilmoqdalar.
Bu davrda kollej binosida tayanç guruh sifatida qöşimça ravişda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining ikkinçi mutaxassislik tayyorlaş böyiça oliy öquv yurtini sirtdan öqiş uçun şaroitlar yaratilib, 900 dan ziyod oliy ma'lumotli mutaxassislar qayta tayyorlanib, sirtdan öqib oliy ma'lumot beruvçi diplomlarga ega bölganlar”, - deyiladi petitsiyada.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Törtköl tumanida Toşkent davlat iqtisodiyot universitetining filialini taşkil etiş taklif qilingan.













