Hukumat delegatsiyasi taşrifi doirasida Minsk şahrida Özbekiston boş vaziri örinbosari – investitsiyalar va taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayevning Belarus boş vaziri örinbosari Leonid Zayts bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Unda ikki mamlakat savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorligi joriy holati muhokama qilindi. Özbekiston va Belarus örtasida ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo qöşma komissiya bölajak 9-yiğilişi doirasida yirik kelişuvlarga erişişdan özaro manfaatdorlik bildirildi.

Yetkazilayotgan tovarlar nomenklaturasini kengaytiriş va savdo hajmini oşiriş maqsadida tomonlar qöşma «Yöl xaritasi»ni imzolaşga qaror qildi va ikki mamlakat hududida savdo-logistika markazlari, savdo uylari va ular qoşida doimiy faoliyat körsatayotgan «şou-rum»lar taşkil etiş böyiça tegişli çora-tadbirlarni körişga kelişib oldi.

Belarus kompaniyalariga farmatsevtika mahsulotlarini işlab çiqarişni yölga qöyiş, Özbekistonda belarus traktorlari, tijorat, yöl-quriliş va qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqarişni mahalliylaştiriş böyiça loyihalarni amalga oşirişda yordam berişga tayyorlik bildirildi.

Tomonlar tayyor qişloq xöjaligi mahsulotlarini uçinçi mamlakatlar bozorlariga eksport qiliş uçun qöşma fermer xöjaliklarini taşkil etiş, «Agroekspress» loyihasi asosida Belarus bozoriga özbek meva-sabzavot mahsulotlarini töğridan töğri yetkazib berişni yölga qöyiş masalalariga e’tibor qaratdi.